header
~~~::Aqida::~~~
Aqida asoslari
Allohga iymon
Farishtalarga iymon
Kitoblarga iymon
Rasullarga iymon
Qiyomatga iymon
Taqdirga iymon

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





Allohga ibodat qilishning muhim shartlari

Muallif: Shayx AbdulAziz ibn Abdulloh ibn Baz va Shaykh Salim At Tavil

Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu 'alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.

Amma ba'd (bundan so'ngra)

Alhamdulillah avvalgi darsimizda biz Allohning mavjudligi va Uning Robb ekanligi haqida gapirgan edik. Shuni yana eslatib o’tish joizki, Allohning mavjudligi va Uning Robb ekanligiga iymon keltirish kishining mo’min bo’lishiga yetarli emas. Chunki oldingi darsda aytganimizdek, Islomdan oldingi mushriklar ham Allohning mavjudligi va Uning Robb ekanligiga iymon keltirdilar, ammo bu narsa ularning Islom diniga kirishlariga yetarli bo’lmadi. Bu haqda oldingi darsda Qur’ondan oyatlar keltirildi.

  Yana shuni aytish kerakki, hatto Iblis(shayton) ham Allohning mavjudligi va Uning Robb ekanligini tan olgan bu haqda Qur’onda quyidagi oyat keltiriladi:

”Aniqki, Biz sizlarni(otangiz Odamni) yaratdik, so’ng sizlarga surat berdik, so’ngra farishtalarga:”Odamga sajda qilinglar”, deyishimiz bilan ular sajda qildilar.Magar Iblis sajda qilguvchilardan bo’lmadi. (Alloh) dedi:”(ey Iblis)Senga buyurgan paytimda nima seni sajda qilishdan to’sdi? Iblis dedi:”Men undan(Odamdan) yaxshiroqman.Meni olovdan yaratgansan.Uni esa loydan yaratding””. Al-’Arof surasi 7:11,12

 Barchamiz bilamizki Iblis mo’min emas. Allohning unga la’nati bo’lsin.

Bu bizga shuni aniq qiladiki, ba’zi yo’ldan adashgan kishilar va da’vatchilar Allohning mavjudligi va Robb ekanligi haqida ko’plab ma’ruzalar tashkil etishadi. Vaholanki, qariyb barcha kishilar Allohning mavjudligi va Robb ekanligini bilishadi.Shuning uchun ham ularga qayta-qayta aytish foyda bermaydi ya’ni ular bu bilan yangi narsa o’rganib qolishmaydi. Bu narsalarni hattoki shayton ham biladi. Shuning uchun ham Allohning mavjudligi va Robb ekanligini isbotlash uchun ko’p urinishlar qilishning keragi yo’qdir. Islomdan oldingi kishilar ya’ni mushriklar Allohning mavjudligi va Robb ekanligini bilishgan ammo shunga qaramasdan Alloh ularga Muhammad sallallahu ’alayhi va sallamni rasul qilib yubordi.  InshaAllaah bugungi darsimizda mana shu haqda gaplashamiz. Agar Allohning mavjudligi va Robb ekanligi kishini mo’min bo’lishi uchun yetarli bo’lganda edi Alloh rasul jo’natmas edi. Xo’sh Alloh rasullarni nima uchun yubordi?

Alloh taolo aytadi:

“Aniqki, Biz :”(Yagona) Allohga ibodat qilinglar va Tag’ut(barcha yolg’on ilohlar va hokazo, ya’ni Allaahdan o’zga (Tag’ut)ga ibodat qilmang) dan yiroq bo’linglar, (degan vahiy bilan) har bir Ummatga rasul(payg’ambar) yuborganmiz”    (Nahl surasi 16:36)

 Demak, Alloh faqatgina Unga ibodat qilishga chaqirish uchun rasullarni yuborgan. Mana shu Tavhid Al Uluhiya deyiladi. Bu Uluhiyaga iymonning ma’nosi shuki, faqatgina Alloh ibodat qilinishga loyiq, Allohdan o’zga ibodat qilinuvchi barcha ma’budlar yolg’on, botildir.

  Mana shu narsa ham Laa ilaha illa Allaahning ma’nosi. Ba’zilar Laa ilaha illa Allaahni Allohdan O’zga Iloh yoq deb tarjima qilishadi bu narsa xato. Uning ma’nosi, Allohdan o’zga ibodatga haqli zot yo’qdir.

Alloh taolo aytadi:

“Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani (ibodatda) sherik qilmanglar” (Niso surasi 4:36)

 Va Fotiha surasida biz shunday o’qiymiz:

”Sen(Alloh)gagina ibodat qilamiz va Sen(Alloh)dangina madad so’raymiz” (Fotiha surasi 1:4)

 Rasullar mana shu sabab yuborilgan, jannat va do’zax ham mana shu sabab yaratilgan va h.k.

Biz qalbimizda aniq ishonch , aytgan  so’zimiz va qilgan amallarimiz orqali Allohdan o’zga ibodatga loyiq zot yo’q ekanligiga iymon keltiramiz. Alloh inson va jinsi mana shu maqsaq bilan yaratgandir. Alloh taolo aytadi:

“Men(Alloh) jin va insni faqat(Yagona)O’zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim”(Va-z-zoriyot surasi 51:56)

 Alloh Qur’onda o’zining Robb ekanligini mana shuning uchun ham aytadi. Agar inson Alloh Robb, Al-Xoliq, Al-Maalik, Al Mudabbir ekanligiga iymon keltirsa, ishonsa Allohga ibodat qilishligi majbur.

Rasullar va mushriklar o’rtasidagi kelishmovchilik Allohning mavjudligi hamda Robb ekanligida emas balki, Allohning yagona ibodatga haqli ekanligidadir.

Rasullar o’z odamlariga shunday der edilar:

”Yagona Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o’zga ibodatga haqli iloh yo’qdir” Al-’Arof surasi 7:59

 Ammo mushriklar buni rad etishdi va Allohga sherik qilib boshqa yolg’on ilohlarga ulardan yordam ,najot tilab ibodat qilishdi. Alloh taolo bu ilohlarga sig’inuvchi mushriklarning botilligini ikkita aniq  aqliy dalillar bilan ochiq qildi:

 1. Ular ibodat qiladigan bu yolg’on ilohlar hech qanday ilohiy sifatga ega emas, balki ular yarata olmaydigan, ularga ibodat qiluvchilarga hech qanday foyda bermaydigan, ulardan biror zararni olib tashlay olmaydigan, ularning hayoti hamda o’limi ustilarida kuchga ega bo’lmagan va osmonlaru Yerda hech narsani tabdir qila olmaydigan yaratilgan narsalardir.

 Alloh taolo aytadi:

”(Ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam, mushriklarga )ayting :” Sizlar Allohdan o’zga (ilohlar) deb gumon qilgan butlaringizga duo-iltijo qilaveringlar-chi (ular sizlarga ijobat qila olarmikanlar)! Ular na osmonlarda va na Yerda bir zarra vaznicha(narsa) ga ega emasdirlar va ular uchun (osmonlar va Yerda Allohga) sheriklik ham yo’qdir hamda (Alloh) uchun ulardan biron yordamchi yo’qdir”  Saba surasi 34:22,23

 ”Hech narsani yarata olmaydigan, balki o’zi yaratiluvchi bo’lgan narsalarni (Allohga) sherik qiladilarmi? Ular uchun biron yordam qilishga qodir bo’lmaydigan, hatto o’ziga o’zi yordam qila olmaydigan (narsalarni Allohga sherik qiladilarmi?!)  Al-’Arof surasu 7:191,2

 2. O’sha mushriklar Alloh Robb, Al-Xoliq, Al-Maalik, Al-Mudabbir ekanligini tan olar edilar. Bu narsa faqatgina Allohga ibodat qilishni taqozo etadi.

 Alloh aytadi:

”Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgari o’tganlarni taqvo egalari bo’lishingiz uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qilingiz.U zot sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo’ydi va osmondan suv tushirib, uning yordamida sizlarga rizq bo’lsin , deb mevalar chiqardi.Bas, bilib turib o’zgalarni Allohga tenglashtirmang” Baqara surasi 2:21,22

 ”(ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam), qasamki, agar siz ulardan(mushriklardan) o’zlarini kim yaratgani haqida so’rasangiz,albatta ular:”Alloh”, derlar.Bas,(O’sha Yaratuvchiga ibodat qilish o’rniga) qayoqqa burilib ketmoqdalar?!” (Zuxruf surasi 43:87)

 ”(ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam), ayting:””Kim sizlarga osmon va zamindan rizq berur yoki kim quloq-ko’zlaringizga egalik qilur?! Kim o’likdan tirikni chiqarur va tirikdan o’likni chiqarur hamda kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?!” Ular albatta :”Alloh”, dedilar.Bas, siz ayting:”Axir O’sha zotdan qo’rqmaysizlarmi?!”Bas, mana shu Alloh –Haqiqiy Parvardigoringizdir.Haqiqatdan keyin esa, faqatgina yo’ldan ozish bor, xolos(ya’ni haqiqiy Parvardigoringiz bo’lmish Allohdan o’zgaga sig’inar ekansiz, albatta yo’ldan ozgan bo’lursiz).Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?!” Yunus surasi 10:31,32

 Shunday qilib kimki Allohdan o’zgaga ibodat qilsa u mushrik, kimki Allohga va boshqaga ibodat qilsa(ya’ni Allohga ibodatda sherik qilsa) u ham mushrik, kimki faqatgina Allohga ibodat qilsa u solix mo’mindir.  Ibodatning Alloh taolo oldida qabul bo’linishining 3 ta  sharti bor:

1.        Alloh taologa iymon keltirib, Uni ibodatda yagona deb bilmoq. Dalil: Alloh taolo aytadi:

ma’nosi: “Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun firdavs bog’lari manzil bo’lur”. “Qahf” surasi, 107-oyat.

            Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar:ma’nosi: “Alloh taologa iymon keltir va o’zingni o’ngla!” Imom Muslim rivoyatlari.

2.        Ixlos. Ixlos – hech kimga so’zlamay, riyosiz xolis Alloh taologa

 amal qilmoqdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:

ma’nosi: “(Ey Muhammad), bas siz Allohga – U zot uchun diningizni xolis qilgan holda ibodat qiling”. “Zumar” surasi, 2 – oyat.

            Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar: “Kimki ixlos bilan “La ilaha illalloh” desa, jannatga kirgay”. Imom Bazzor rivoyatlari.

3.        Amalni payg’ambar (sallallahu ’alayhi va sallam)ga kelgan buyruqlarga muvofiq holatda

bajarish. Dalil: Alloh taolo aytadi:

ma’nosi: “Payg’ambar o’zi sizlarga keltirgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar”. “Hashr” surasi, 7 – oyat.

            Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam) aytadilar: “Kimki biz buyurmagan ishni qilsa, u ish nomaqbuldir” Imom Muslim rivoyatlari

 Demak, agar yuqoridagi shartlarning birortasi bajarilmasa ibodatimiz Alloh oldida qabul bo’lmaydi.

Bu darsda quyidagilar o’rganildi:

 

  1. nima uchun faqat Allohning mavjudligi ba Robb ekanligiga ishonish mo’min bo’lish uchun yetarli emasligi
  2. rasullar yuborilgandagi maqsad
  3. Alloh bizni nima uchun yaratdi
  4. mushriklarning shubhalarini yo’qqa chiqarish
  5. ibodatning qabul bo’lish shartlari

 Vazifa:

  1. nima uchun faqat Allohning mavjudligi ba Robb ekanligiga ishonish mo’min bo’lish uchun yetarli emasligini tushuntira bilish
  2. Allohning inson, jinsni yaratishidagi va rasullar yuborishidagi maqsad nima ekanligini bilish
  3. mushriklarning qilgan amallari botil ekanlgini tushuntrib berish.
  4. ibodatning qabul bo’lish shartlari nima ekanligini esda saqlash

 

 



UzMuslima 2006.