Taqdirga iymon
Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu 'alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.
Amma ba'd (bundan so'ngra)
Biz taqdir (qadar)ning yaxshi va yomoniga iymon keltiramiz. Taqdir Alloh ta`oloning o`tgan ilmi va taqozo e`tgan hikmati bilan maxluqlar uchun qo`ygan o`lchovidir.
Taqdirning to`rt bosqichi bor:
Birinchi bosqich: Ilm.
Biz Alloh ta`oloning barcha narsalarni biluvchi e`kaniga, U bo`lgan va bo`ladigan barcha narsalarni bilgan, Uning bilishi azaliy va abadiy bo`lib, bo`lmaganidan so`ng bilim yoki bilganidan so`ng unutish bo`lmasligiga iymon keltiramiz.
Ikkinchi bosqich: Yozish.
Biz Alloh ta`olo qiyomat kuniga qadar bo`ladigan barcha narsalarni "Lavhul-Mahfuz"ga yozib qo`ygan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Siz Alloh ta`olo Yer va Osmondagi barcha narsalarni bilishi, bu e`sa Kitobda yozilgan hamda bu ishlar Allohga oson e`kanini bilmaysizmi?!" (Haj: 70).
Uchunchi bosqich: Hohish.
Biz: "Alloh ta`olo samovot va yerdagi barcha narsani o`z hohishi bilan yaratdi. Barcha narsa uning hohishi bilan bo`ladi. Alloh hohlagan narsa bo`ladi va hohlmagan narsa bo`lmaydi"- deb iymon keltiramiz.
To`rtinchi bosqich: Yaratish.
Biz: "Alloh ta`olo barcha narsaning yaratuvchisi, barcha narsaga vakil va samovot va yerning kalidlari uning" e`kaniga iymon keltiramiz.
Bu to`rt bosqich Alloh ta`olo va bandalari tomonidan sodir bo`ladigan barcha narsalarni o`z ichiga oladi.
Bandalar tomonidan sodir e`tilgan va e`tilmagan ishlar va so`zlar Alloh uchun ma`lum, Allohning huzurida yozilgan, Alloh uni hohlagan va yaratgandir. Alloh ta`olo dedi: "Sizlarning ichingizdagi hohlaganingiz to`g`ri yo`lda yursin! Sizlar olamlar robbisi - Alloh hohlasagina hohlaysizlar" (Takvir: 28, 29);
"Agar Alloh hohlasa bir-birlariga urush qilmas e`dilar. Lekin, Alloh hohlaganini qiladi" (Baqara: 253);
"Agar Alloh hohlamasa ular qilmas e`dilar. Ularni o`z iftirolari bilan qo`ying" (An`om: 137);
"Aloh sizlarni va sizlar qilgan amallarni yaratdi" (Soffot: 96).
Biz, shu bilan birga, Alloh ta`olo bandaga amal sodir bo`ladigan hohish va ixtiyorni berganligiga iymon keltiramiz.
Bandaning ishlari o`z hohish va ixtiyori bilan sodir bo`lishiga quyidagi dalillar bor:
Birinchi: Alloh ta`oloning so`zlari.
""Ziroatgohingiz"ga hohlagan tarafingizdan yaqinlik qiling!" (Baqara: 223);
"Agar hohlasalar e`di, tayyorgarlik ko`rar e`dilar" (Baqara: 286).
Alloh ta`olo banda uchun hohish-istak va tayyorlanish haqqini isbot e`tdi.
Ikkinchi: Bandaga amr va ta`qiqni yo`llash.
Agar bandaning ixtiyori va hohishi bo`lmasa e`di, taklif - majburiyat bo`lar e`di. Bu e`sa Alloh ta`oloning hikmati va rahmati taqozo e`tmagan ishdir.
Alloh ta`olo dedi: "Alloh har bir jonga o`z toqatiga loyiq majburiyat bergan" (Baqara: 286).
Uchunchi: Yaxshilik qilgan kishini qilgan yaxshiligi uchun maqtash, yomonlik qilgan kishiniqilgan yomonligi uchun mazammat qilish va har ikkisiga loyiq bo`lgan mukofortlarni berish.
Agar amal bandaning istak-hohishi bilan bo`lmasa e`di, yaxshilik qilgan kishini maqtash abas, yomonlik qilgan kishini jazolash zulm bo`lgan bo`lar e`di. Alloh bunday abas va zumdan pokdir.
To`rtinchi: Alloh ta`olo "Xabarchi va ogohlantiruvchi bo`lagn payg`ambarlarni, ulardan so`ng odamlar uchun Allohning ziyoniga hujjat bo`lmasin uchun" (Niso: 165) yubordi.
Agar bandaning qilgan ishlari o`z istak-hohishi bilan bo`lmasa e`di, payg`ambarlarni yuborish bilan hujjat botil bo`lmas e`di.
Beshinchi: Har bir odam o`zining qilgan yoki tark e`tgan ishlarini biron bir majbur qilgan kuchni his e`tmay bajaradi. U o`z hohishi bilan turadi, o`tiradi, kiradi, chiqadi va safar qiladi. Biroq, bu ishlarida zo`rlovchi kuchni his e`tmaydi. Balki, u voqe`da bir ishni o`z hohishi bilan biron bir kuch ta`siri ostida majburlik bilan, qilish o`rtasini butunlay ajrata oladi.
Xuddi shiningdek, shariat ham bu ikki holat o`rtasini hikmat bilan ajratdi va Allohning haqqiga majburlik ostida ginohkor bo`lgan bandaga jazo belgilamadi.
Biz: "Osiy odam o`z osiyligiga Allohning taqdirini hujjat qilishi mumkin e`mas"- deb aytamiz. Chunki, osiy Alloh ta`oloning osiylik qilishini taqdir qilishini bilishdan avval o`z ixtiyori bilan qiladi. Zero, har bir kimsa Alloh ta`oloning taqdirini sodir bo`lganidan so`nggina biladi. Alloh ta`olo dedi: "Hech bir jon e`rtaga nima kasb qilishini bilmaydi" (Luqmon: 34).
Shunday e`kan, osiylar Allohning taqdirini o`z gunohlariga hujjat qilishlari to`g`ri bo`ladimi? Holbuki, Alloh ta`olo bu hujjatni bekor qilib shunday dedi: "Mushriklar tezda: "Alloh hohlamasa, biz va bobolarimiz Allohga sherik qilishmas va biron narsani harom qilmagan bo`lur e`dik"- dedilar. Ulardan avval yashab o`tgan kishilar ham shunday degan e`dilar. Biz ularga o`z balolarimizni totitdik. Siz ayting: "Sizlarning bizlar uchun chiqaradigan ilmingiz bo`lsa, chiqaringlar! Sizlar gumongagina e`rgashayapsizlar. Sizlar nima deganingizni bilmaysizlar"" (An`om: 148).
Biz taqdirni hujjat qilib, osiylik qilgan kishiga shunday deymiz: "Sen nega Allohning taqdirini hujjat qilib, senga farz qilingan toat-ibodatga kirishmaysan? Zero, bu bilan sening osiyligingga taqdirni hujjat qilishing o`rtasida nomailum taqdirga nisbatan hech qanday farq yo`q. Shuning uchun ham rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalarga har bir kishining jannat va jahannamdagi joyi belgilab qo`yilganining xabarini berganlarida sahobalarning: "Unday bo`lsa u narsaga suyanib, amal qilmaylik"- degan so`zlariga rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "Yo`q, amal qilinglar! Har bir kishi o`zi yaratilgan (joy) uchun muyassar qilinadi"- dedilar".
Biz taqdirni hujjat qilib osiylik qilgan kishiga shunday deymiz: "Agar sen Makka shahriga bormoqchi bo`lsang va unga olib boradigan ikki yo`l bo`lsa, ishonchli odamlardan biri: "Bu yo`l mashaqqatli, bunisi e`sa qulay" desa, tabiiyki, ikkinchisini tanlaysan. "Menga taqdir qilingan yo`l shu e`kan"- deb birinchi yo`ldan ketmaysan. Agar ketsang, telbalar safiga kirib qolasan".
Biz taqdirni hujjat qilib, osiylik qilgan kishiga shunday deymiz: "Agar senga ikki ish taklif qilinib, ulardan biri ikkinchisidan ko`ra tartibliroq bo`lsa, uni tanlaysan. Shunday e`kan, nega e`ndi oxirat uchun ishlash maydonida e`ng pastkash yo`lni tanlaysan".
Biz yana shunday deymiz: "Agar bemor bo`lsang tabiblar e`shigini qoqasan va qilingan jarrohiy amaliyot (operatsiya)lar hamda dorilarning achchiqligiga sabr qilasan. Xo`sh, nega gunohlar bilan xastalangan qalbingga unday qilmaysan?".
Biz: "Alloh ta`ologa hikmati va rahmati barkamol bo`lgani uchun yomonlik nisbatlanmaydi"- deb iymon keltiramiz. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "(Ilohim), yomonlik senga nisbat e`tilmas"- dedilar. Alloh ta`oloning qazosida yomonlik yo`qdir. Balki, qazo Allohning rahmati va hikmatidan sodir bo`lgandir. yomonlik o`z taqozosiga qarab bo`ladi. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam Hasan raziyallohu anhuga "Qunut duosi" ni o`rgatar e`kanlar: "Va qiniy sharra ma qozayta" (Va meni qilgan qazoingning yomonliklaridan saqla)"- dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam yomonlikni Allohning qilgan qazosiga bog`ladilar. Shunday bo`lsada, yomonlik faqatgina yomonlik e`mas. Balki, yomonlik sabablardadir. Yomonlik bir o`rinda bir jihatdanda yomonlik bo`lishi, va boshqa jihatdan yaxshilik bo`lishi va boshqa bir o`rinda e`sa faqat yaxshilik bo`lishi mumkin. Kasallik, qurg`oqchilik, faqirlik va xavf kabi fasodlar yer yuzida yomonlik, biroq, bir o`rinda yaxshilikdir. Alloh ta`olo dedi: "Quruqlik va dengizda fasod qilgan ayrim ishlarini totitish uchun odamlarning qo`llari qilgan narsa sabablidir. Shoyad, ular (Allohning yo`liga) qaytsalar" (Rum: 41).
Zoniyni savalash va o`g`rining qo`lini kesiah har ikkisi uchun alamli bo`lsada, boshqa bir tarafdan yaxshilikdir. Chunki, bu jazolar ularning qilgan gunohlari uchun kafforot bo`ladi va qiyomat kuni dunyo va oxitrat jazolari bir bo`lgan kunda jazolanmaydi. Boshqa tarafdan e`sa, jazolar ortida mulklar, nomuslar va nasablarni himoya qilish yotadi.

