header
~~~::Tavhid::~~~
Ibodat Tavhiddir
Tavhid turlari
Tavhid Ustunligi
Tavhidga amal
Shirk turlari
Shirk ko'rinishlari

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





Tavhidning ustunligi va gunohlarning qaysilarini yo'q qilishi

Muallif: Shayxul Islom Muhammad bin Sulaymon At Tamimi

Alloh taolo aytdi:

“Iymon keltirgan, o’z iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar ana o’shalar xotirjam bo’lguvchidirlar va o’shalar hidoyat topguvchilardir” (Al-An’om surasi 6:82)

 Ubadah bin As-Samit (radiallahu ‘anhu) dan rivoyat qilinadiki Allohning rasuli (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytdi:

“ Kimki sheriksiz Allohdan boshqa ibodat qilinuvchi iloh yo’qligiga va Muhammad Uning quli(bandasi) va elchisi ekanligiga va Iso Allohning bandasi, Uning elchisi va Uning Maryamga yuborgan So’zi va Undan yaratilgan ruh ekanligiga, va Jannat va Do’zax haqiqatligiga guvohlik bersa, uning amallari nima bo’lishidan qat’iy nazar Alloh uni Jannatga kirgizadi.” (Sahih Al-Buxari, Hadith No.3252)

 Itban (radiallahu ‘anhu) dan rivoyat qiladiki rasululloh (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytdi:

“Albatta Alloh “Allohdan boshqa ibodat qilinuvchi zot (iloh) yo’q” deb guvohlik bergan va shundan kelib chiqqan holda Allohning Yuzi(marhamati) dan boshqa narsani izlamagan kimsaga Do’zaxni harom qildi” (Al-Buxari, Muslim)

 Abu Sa’id Al-Khudri (radiallahu ‘anhu)dan rivoyat qiladiki Allohning payg’ambari (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytdiki:

Musa (alayhissalam) aytdi:

“Ey Robbim, menga O’zingni eslab yuradigan va O’zingga duo qiladigan bir narsa o’rgatgin” Alloh javob berdi:” Aytgin ey Musa, La ilaha illa-Allah” Musa aytdi:”Ey Robbim, barcha bandalaring bu so’zni aytishadi” Alloh aytdi: “Ey Musa, agar etti osmon va ular Mendan tashqari o’z ichiga olgan narsalar va hamda etti erlar, barchasi tarozining bir tomoniga qo’yilganda va La ilaha illa- Allah ikkinchi tomoniga qo’yilganda keyingisi ularga og’irlik qilar edi”” [Bu hadis Ibn Habbon rivoyat qilingan va Al-Hakim sahih sanagan]

 At-Tirmidhi Anas (radiallahu ‘anhu) dan rivoyat qiladiki: U rasululloh (sallallahu ‘alayhi va sallam)ning quyidagi aytganini eshitgan:

“Alloh taolo aytdi:”Ey Odam og’li, Menga to’la gunohlardan iborat dunyo bilan kelsang va Meni Men bilan hech qanday sherik keltirmasdan (shirk qilmasdan) uchratsang edi, Men senga shu miqdorda kechirimlik bilan kelar edim”.

 Bu bo’limning asosiy masalalari

1. Alloh marhamatining ko’pligi

2. Allohga yo’nalgan Tavhidda ajr(savob)ning ko’pligi

3. Ajr (savob) olishdan tashqari tavhid gunohlarni yuvadi

4. Surah Al-An’amdagi 82 –oyatning tafsiri

5. Ubadah (bin As Samit (ra)) tomonidan rivoyat qilingan 5 ta masala haqida o’yla (mulohaza qil)

6. Agar Ubadah va ‘Itbah (ra) dan rivoyat qilingan hadislarga va birgalikda nima kelganiga qarasangiz, La- ilaha illa-Allah ning ma’nolari va shu bilan birga yolg’onchilarning xatolari aniq bo’ladi.

7. Itban hadisidagi shartga e’tibor qil

8. Payg’ambarlar La –ilaha illa-Allah (Allohdan boshqa chin Iloh yo’qdir) ning muhim(katta) ahamiyati haqida xabar berib turilishlari kerak edi

9. Kalimah (La-ilaha illa-Allah) bilan boshqa barcha yaratilgan narsalarni tarozida o’lchashdagi hikmat, ko’pchilik to’gri o’lchamoqchi bo’lganlar o’lchovlarida to’liq og’irlikni ololmaydilar.

10.7 osmonga o’xshagan 7 erning mavjudligi haqidagi matn

11.7 erlar va osmon yaratilgan narsalarga to’la

12.Alloh Sifatlarining tasdiqlash, Ash’ariyahlarning aytganlariga qarshi

13.Shubhasiz,  agar Anas(radiallahu ’anhu) ning hadisini tushunsangiz, Itban(radiallahu ’anhu) ning hadisidagi quyidagi kalimani tushunasiz:

“Albatta Alloh “Allohdan boshqa ibodat qilinuvchi zot (iloh) yo’q” deb guvohlik bergan va shundan kelib chiqqan holda Allohning Yuzini(marhamati) dan boshqa narsani izlamagan kimsaga Do’zaxni harom qildi”

shuni anglaysizki, u Shirkning butunlay amaliy tark etilishidan iborat va La-ilaha illa-Allah ni till bilan shunchaki aytishdan iborat emas.

14. Muhammad (sallallahu ’alayhi va sallam) va Iso alayhis salam ning Payg’ambar va Allohning bandasi jihatidan o’xshah xarakterlarini tahlil qilish va mulohaza yuritish

15.Iso alayhis salamning Alloh Kalimasi(Alloh So’zi) qilib yaratilganligi ko’p uchramaydigan hodisadir.

16.Iso alayhis salam Allohdan ruh(Ruhan Minhu) ekanligi haqidagi ilm

17.Jannat va Do’zaxga ishonishdagi ahamiyatlarni bilish

18.Prophet (sallallahu ’alayhi va sallam) ning “…uning qaysi amallari bo’lishidan qat’iy nazar” degan aytganlarining ma’nosining ilmi

19.Al-Mizan(Tarozi) ikki tomondan idorat ekanligi haqidagi ilm

20.(Allohning) “Yuzi” deganda nima ma’no anglatilganligi

 

UzMuslima 2006.