header
~~~::Tavhid::~~~
Ibodat Tavhiddir
Tavhid turlari
Tavhid Ustunligi
Tavhidga amal
Shirk turlari
Shirk ko'rinishlari
Tavhid haqiqati

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





Tavhid haqiqati: Muslima uchun bilish zarur bo'lgan masalalar

3-qism

Muallif: Shayxul Islom Muhammad bin Sulaymon At Tamimi

Agar sizdan shunda “Sen rad etayotgan va iymon keltirayotgan narsa nima?” deb so’rashsa, shunday javob bering “Rad etish bu Allohdan o’zga ibodat qilishga loyiq iloh borligini rad etishdir va iymon keltirish bu haqiqatda buyuk va hamdga loyiq Allohning O’zigina borligi (Uning sherigi yo’qligiga) iymon keltirishdir.”

Va agar: “Bunga dalil nima?” deyishsa, aytingki: “bunga Alloh taoloning quyidagi kalomi dalildir, ya’ni

Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi “Albatta men sizlar ibodat qilayotgan butlardan pokdirman. Magar meni yaratgan Zotgagina (ibodat qilurman). Bas, albatta U meni (haq dinga) hidoyat qilajak”. (zuhruf:26-27)

Sizga shunda “Bu oyatda sen iymon keltirayotgan va rad etayotgan narsa nima?” deyishsa, ayting “Rad etayotganimning isboti: Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi “Albatta men sizlar ibodat qilayotgan butlardan pokdirman (zuhruf:26)” degan kalomi va iymon keltirayotganimning isboti “Magar meni yaratgan zotgagina (ibodat qilurman) degan kalomidir”

Agar sizdan “Tavhid ur-rububiyyah va tavhid ul-uluhiyyahning faqri nima?” deb so’rashsa, ayting “Tavhid ur-rubiyyah deb Alloh taoloning O’zigagina xos bo’lgan sifatlariga aytiladi. Ya’ni,Yaratish, bandalariga rizq – nasiba taqsimlash, tiriltirish va o’ldirish, (bandalari yerdan rizq olishlari uchun) yomg’ir berish, daraxtlar va jamiki o’simliklarni o’stirish va shunga o’xshash ishlar. Tavhid ul – uluhiyyah esa bandalariga xos bo’ldan xislatlardir. Masalan, ibodat qilish, Allohning jazosidan qo’rqish, Uning mag’firatiga umid qilish, Alloh oldida ojizlik va Unga iymon keltirish, Unga tavba qilish (zero Ugina gunohlarni avf etadi), Unga bo’lgan sevgi, Undan qo’rqish xissi, Uning madadiga umid qilish shunga misol bo’loladi”.

Shunday ekan sizga “Dining nima?” deb savol berishsa, ayting: “Mening dinim Islom dinidir”

UzMuslima 2006.