header
~~~::Tavhid::~~~
Ibodat Tavhiddir
Tavhid turlari
Tavhid Ustunligi
Tavhidga amal
Shirk turlari
Shirk ko'rinishlari
Tavhid haqiqati

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





Tavhid haqiqati: Muslima uchun bilish zarur bo'lgan masalalar

2-qism

Muallif: Shayxul Islom Muhammad bin Sulaymon At Tamimi

Agar sizdan: “Alloh seni nega yaratdi?” deb so’rashsa, javob bering: “Xolis Allohning O’zigagina ibodat qilmoqlik uchun, ya’ni tavhid (Allohni ibodatda yakkalamoq va Unga biror narsa sherik qilmaslik, va shirk (Allohdan o’zgaga ibodat) qilmaslik) uchun”.

Agar sizdan: “Unga ibodat qilish nimadan iborat?” deb so’rashsa, unda “Tavhid va Unga bo’ysinishdan” deb javob bering.

Va “Bunga dalil nima?” deyishsa, ayting: Allohning quyidagi so’zlari bunga isbotdir:
"Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. (Zoriyot:56)”

So’rashsa: “Alloh sizlarga farz qilgan amallar nima?” aytingki:tog'utlarga ishonmaslik, Allohga iymon keltirish va yana Allohning quyidagi kalomi:
Dinda zo’rlab kiritish yo’qdir. (Zero) haq yo’l zalolatdan ajrab bo’ldi. Bas, kim tog'utdan yuz o’girib, Allohga iymon keltirsa, u hech ajrab ketmaydigan halqani ushlabdi. Alloh eshitguvchi va bilguvchidir. (Baqara:256)

Agar shunda sizga: “Hech ajrab ketmaydigan halqa nima?” deyishsa, ayting: “bu Laa ilaha illa Alloh kalimasidir (ya’ni Allohdan o’zga ibodatga loyiq zot yo’q). U musulmonni kofirdan, mushrikdan va xudosizdan ajratib turadi.la ilaha(o’zga iloh yo’q) ning ma’nosi–rad etish va illa Alloh(Allohdan o’zga)ning ma’nosi-iymon keltirishdir.”


UzMuslima 2006.