header
~~~::Tavhid::~~~
Ibodat Tavhiddir
Tavhid turlari
Tavhid Ustunligi
Tavhidga amal
Shirk turlari
Shirk ko'rinishlari
Tavhid haqiqati

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





Tavhid haqiqati: Muslima uchun bilish zarur bo'lgan masalalar

1-qism

Muallif: Shayxul Islom Muhammad bin Sulaymon At Tamimi

Agar sizdan: ”Robbing kim?” deb so’rashsa, “Mening Robbim Allohdir. Ul mening ma’budimdir, men uchun Undan o’zga ma’bud yo’q” deb javob qaytaring.

Agar “Robbning ma’nosi nima?” deb so’rashsa, unda ayting:”Rob Ukim, ibodatga eng loyiq, barcha mulkning egasi, Undan o’zga molik yo’q (al-Malik), hamma va har narsa Uning ixtiyorida (al-Mutasarrif)dir.”

Agar sizga: ”Uning qaysi eng buyuk va ahamiyatga molik mo’jizasini ko’rgansan?” deyishsa, ayting: “Osmonlar va yer Uning eng buyuk mo’jizalaridandir”.

Agar sizdan: “Robbingni nima bilan taniding?” deb so’rashsa,  “Uning alomatlari va mahluqotlaridan (ko’zimizga ko’rinib turgan borliq, mavjudotning barchasiga mahluq deyiladi. Osmonlar, yer, quyosh, oy va boshqa sayyoralar, farishtalar, jinlar, odamlar, hayvonlar olami va boshqa ko’p narsalarga mahluq deyiladi)” deb javob bering.

Agar sizga: “Uning qaysi eng katta (aniq) yoki e’tiborga loyiq alomatlarini ko’rgansan?” deyishsa, shunday javob bering: “Tun va kunduz, quyosh va oy Uning alomatlaridandir. Bularning dalili Alloh taoloning quyidagi so’zlari:”

“Albatta, Parvardigoringiz – Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so’ngra O’z Arshiga o’rnashdi. U kechani (qorong’ulik)ni kunduzga o’rar (va kecha kunduzni) shoshilgan holda quvib yuborar. U quyosh, oy va yulduzlarni O’z amriga bo’ysindirilgan holda (yaratdi). Ogoh bo’lingizkim, yaratish va amr etish  Ungagina xosdir. Barcha olamlar parvardigori  Alloh buyukdir.” (A’rof:54)
va yana Alloh aytadiki:
Ogoh bo’lingizkim, yaratish va amr etish Ungagina xosdir.

Sufyon bin Uyayna va yana ayrim boshqalar bu oyatga qo’shimcha ravishda shunday deyishgan: “Yaratuvchi ekanligiga buyuk va ibodatga loyiq Allohning borligi, amr etuvchi ekanligiga Qur’on isbotdir”.

Bu oyatda Alloh yaratgan narsalari va Qur’on orasini ajratib ko’rsatayotganiga e’tibor qilish lozim bo’ladi. Mana shu Quron yaratilmaganiga dalil, chunki bu oyatda Alloh Qur’onni maxluqotlar orasiga qo’shmadi.

Alloh taolo aytadiki:
(Ey Muhammad), agar mushriklardan birortasi sizdan himoya so’rasa, bas, uni himoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. (Tavba:6)

Ash-Shofe’iy deydilarki: “Qur’on Alloh taoloning kalomidir. U yaratilmagan, kim uni yaratilgan desa, u kofirlardandir”.

Abu Hatim ar-Roziy va Abu Zur’ah ar-Roziy ikkalasidan: “Kimki Qur’on yaratilgan desa, u kofirdir. Va shu kufr (Allohga ishonmaslik) uni islomdan uzoqlashtiradi. Va yana shu kufrning nimaga olib kelishini tushunib turib, shubha qilgan odam ham kofir bo’ladi. Kimki Allohning buyuk kalomiga ishonmasdan “Men bilmayman, Qur’on yaratilganmi yoki yo’qmi?” desa, u jahmi bo’ladi. Kimki Qur’onni inkor etsa, unda u kulguga qolibdi.”

Umar (r.a) aytadilar “Qur’on Allohning kalomidir. Shunday ekan, unga o’z fikr – mulohazalaringizni qo’shib o’zgartirib yubormang”

 

 


UzMuslima 2006.