Tavhid haqiqati: Muslima uchun bilish kerak bo'lgan masalalar
Muallif: Shayxul Islom Muhammad bin Sulaymon At TamimiAgar sizdan: ”Robbing kim?” deb so’rashsa, “Mening Robbim Allohdir. Ul mening ma’budimdir, men uchun Undan o’zga ma’bud yo’q” deb javob qaytaring.
Agar “Robbning ma’nosi nima?” deb so’rashsa, unda ayting:”Robb Ukim, ibodatga eng loyiq, barcha mulkning egasi, Undan o’zga molik yo’q (al-Malik), hamma va har narsa Uning ixtiyorida (al-Mutasarrif)dir.” davomi
Agar sizdan: “Alloh seni nega yaratdi?” deb so’rashsa, javob bering: “Xolis Allohning O’zigagina ibodat qilmoqlik uchun, ya’ni tavhid (Allohni ibodatda yakkalamoq va Unga biror narsa sherik qilmaslik, va shirk (Allohdan o’zgaga ibodat) qilmaslik) uchun”. davomi
Agar sizdan shunda “Sen rad etayotgan va iymon keltirayotgan narsa nima?” deb so’rashsa, shunday javob bering “Rad etish bu Allohdan o’zga ibodat qilishga loyiq iloh borligini rad etishdir va iymon keltirish bu haqiqatda buyuk va hamdga loyiq Allohning O’zigina borligi (Uning sherigi yo’qligiga) iymon keltirishdir.” davomi

