header
~~~::Tavhid::~~~
Ibodat Tavhiddir
Tavhid turlari
Tavhid Ustunligi
Tavhidga amal
Shirk turlari
Shirk ko'rinishlari

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





Tavhidga to'liq amal qilganlar Jannatga hisobi berilmasdan kiritiladi

Muallif: Shayxul Islom Muhammad bin Sulaymon At Tamimi

Alloh taolo aytdi:

“Albatta, Ibrohim Allohga itoat qiluvchi, haq yo’ldan toyilmagan bir peshvo – imom edi. U mushriklardan emas edi” (Nahl surasi 16:120)

Va U yana aytdiki:

”Va Robbisi bilan (ibodatda) hech sherik qo’shmaydiganlar”(Al-Mo’minun surasi 23:59)

Husain bin Abdur-Rahman rivoyat qildi:

“Bir kuni men Sa’d bin Jubair bilan birga edim, u so’radi, “Orangizda kecha kechasi kim uchuvchi yulduzni ko’rdi?” Men javob qildim, “Men uni ko’rgan edim”, va men o’sha paytda namozda bo’lmaganligimni tushuntirdim, chunki meni chayon chaqqan edi. U aytdi: ”Keyin sen nima qilding?”, men javob qildim “Men uni davolash uchun ruqya ishlatdim!” U aytdi: ”Nima seni bunday qilishga majbur etdi?” Men aytdim:”Men Ash-Sha’bidan eshitgan hadis”.U so’radi:”Sha’bi qaysi hadisni rivoyat qildi?” Men javob qildim:”U Buraidah bin Al-Husaibdan aytdiki, Ruqyahni “yomon ko’z” va zaharli hasharotlardan davolanishdan boshqa narsaga ishlatish mumkin emas”.U(Sai’d bin Jubair) aytdi:” U o’zi eshitganiga qanoat qilgani bilan yaxshi ish qilibdi”(ya’ni ilmga binoan harakat qilish, amal qilish, johiliyatga qat’iy o’laroq). Shunga qaramasdan Ibn Abbas bizga rivoyat qildiki, payg’ambar (sallallahu ’alayhi va sallam) aytdilar:”Barcha ummatlar mening qarshimda o’tishga buyurildi, va men oz’i bilan ozgina guruhdan iborat Payg’ambar ko’rdim, va 2 yoki 3 kishi bilan bo’lgan Payg’ambar va hech kimsasiz Payg’ambarni  ko’rdim. Keyin katta guruh bo’lib bir to’p odamlar kelishdi men ular mening Ummatim deb o’yladim. Ammo menga ular Musa va uning odamlari ekanligini aytishdi.Keyinroq, kattaroq guruh odamlar paydo bo’ldi, va menga ular mening odamlarim(ummatim) ekanligini aytishdi. Ular orasida etmish minggi(70 000) Jannatga so’roqisiz yoki azobsiz kiradiganlari bor edi.” Payg’ambar (sallallahu ’alayhi va sallam) keyin o’rnidan turdi va uyiga ketdi, va odamlar ular kimlar bo’lishi mumkinligi haqida mulohaza yurita boshlashdi. Birovlar aytdiki: ”Balki ular pay’gambarning sahobalaridir”. Boshqalari aytdiki: “Balki ular Islomda (musulmon bo’lib) tug’ilganlar bo’lishi mumkin va shuning uchun ular Alloh bilan hech qachon sherik (shirk) qilmaganlar”. Va ular o’z qarashlarini shunday almashtirayotgan vaqtda, payg’ambar (sallallahu ’alayhi va sallam) keldi va bu yangilik haqida aytildilar. U aytdi:”U odamlar shularki o’zlarini Ruqya bilan davolamaydilar, ular yomon yoki yaxshi botil ishonch(qushlardan va h.k)larga ishonishmaydi,ular badan(tana)larini kuydirib kasallikka davo izlashmaydi(masalan ilon chaqqanda temirni qizdirib chaqqan joyga bosdirishmaydi), balki faqatgina Allohga ishonishadi(Unga tawakkal qilishadi)”.O’sha zamon, ‘Ukasha bin Mihsan o’rnidan turdi va (payg’ambar (sallallahu ’alayhi va sallam)ga)aytdi:”Allohdan meni ulardan biri qilishini so’rangiz” U(sallallahu ’alayhi va sallam) aytdi:”Sen ulardan birisan” Keyin boshqa kishi o’rnidan turdi va aytdi “Allohdan meni ulardan biri qilishini so’rangiz”. U(sallallahu ’alayhi va sallam) aytdilar:”’Ukasha sendan o’tib ketdi”. Ruqya bu Fotiha yoki boshqa Qur’on parchalarini yoki sahih hadislarda keltirilgan duolarni biror kasal kishi istidan o’qish. Botil ishonch bu masalan biror qushni ichirishganda o’ng yoki chap tomonga uchishiga qarab qilayotgan ishlari yaxshi yoki yomon bo’ladi deb aytish, ishonish.

Bu bo’limning asosiy masalalari

1)     Tavhidda odamlar turli pog’onalarga bo’lingan

2)     “Tawhidni soflash” nimani anglatadi

3)     Ibrahim alayhis salam mushriklardan bo’lmaganligi uchun Alloh uni marhamat qildi(Allohning maqtoviga sazovor bo’ldi)

4)     Alloh barcha Avliyolarni(Allohning barcha buyruqlarini Payg’ambarimiz sallallahu ’alayhi va sallam ko’rsatganlaridek qiluvchilar) U bilan sherik qilmaganlari uchun marhatmat qildi(Ular Allohning maqtoviga sazovordirlar)

5)     Tanani(badanni) kuydirib davolash va Ruqyadan uzoqda bo’lish Tavhidning to’liq soflanishidir

6)     Bu hususiyatlarga ega bo’lush bu faqatgina Allohga tavakkal qilishlikdir(shu holda sodir bo’ladi)

7)     Chuqur ilmli Payg’ambarimiz (sallallahu ’alayhi va sallam)sahobalarining Allohga bunday tavakkal qilishlik darajasiga amalsiz, harakatsiz erishib bo’lmasligini bilishlari

8)     Bu sahobalarning yaxshi amallar qilishda qanday chin ko’ngil bo’lganliklarini ko’rsatadi

9)     Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) ga ergashganlarning sanoq va hamda sifat jihatdan ustunligi

10)Musa alayhis salam ummatining ustunligi

11)Barcha ummatlar Muhammad Payga’mbar (sallallahu ’alayhi va sallam) oldida qatorlashadi

12)Har bir ummat tegishli payg’ambari bilan birga bo’lishadi

13)Umuman, ozgina kishilar payg’ambarlar chaqirig’iga javob berishgan

14)Hech kim ergashmagan Payg’ambarlar, o’zlari Alloh qarshisiga bir o’zlari kelishadi.

15)Bu haqiqatlar(asos)larning ahamiyati shuki, kishi sonlar haqida bezovta bo’lishi kerak emas, va u katta sonlar bilan g’urur(mag’rur) bo’lishi va kam sonlar bilan qo’rqishi kerak emas

16)Ruqyani yomon ko’z va zaharli hasharot ta’sirlariga qarshi ishlatish mumkinligi

17)”U o’zi eshitganiga qanoat qilgani bilan yaxshi ish qilibdi” hadisi bilan, salaf(oldingi kelgan avlod)larning chuqur ilmi ma’lum, va yana shu narsa ma’lumki birinchi hadis ikkinchisiga qarshi chiqmaydi(bir birini zid qilmaydi)

18)Salaf(oldingi kelgan avlod)larning har bir kishini o’rinsiz maqtashdan yiroq bo’lganlari

19)Payg’ambarimizning “Sen ulardan birisan” deb aytganlari Payg’ambarlik belgisidir

20)Ukasha(radiallahu ’anhu)ning zo’rligi, a’loligi

21) Payg’ambarimiz Muhammad sallallahu ’alayhi va sallamning go’zal, a’lo axloqlari


UzMuslima 2006.