Shirk ko'rinishlari
Muallif: Shayx Muhammad bin Jamil ZinoDarhaqiqat, shirk ko’rinishlari hozir Islom dunyosida musulmonlarning falokatiga asosiy sabablardandir. Musulmonlarga Alloh tomonidan yuborilgan fasod, zilzilalar, urushlar va boshqa turdagi jazolarning sababi bu ularning tavhidga qarshi chiqqanlari va aqida va harakatlarida shirk ko’rinishlari bo’lgani uchundir.
Bunga dalil ko’pchilik Musulmon o’lkalarida ko’pchilik Musulmonlar Islomdan deb olgan shirkning har xil turlarining paydo bo’lganidir. Shuning uchun ular ularni( shirk turlarini) inkor etishmaydi shu bilan birga bilishadiki islom shirkning ko’rinishlarini yoki bunga boshlaydigan vositalarni yo’q qilish uchun kelgan. Bu ko’rinishlardan eng asosiylari quyidagilar:
1. Allohdan o’zgaga iltijo qilish, duo qilish: Bu tu’gilgan kunini nishonlash yoki tarixiy biror hodisani eslash marosimlarida qiroat etiladigan (aytiladigan) ashulalar, she’rlarda ko’rinadi. Men ularning shunday deganlarini eshitdim:
”E y Rasullar imomi,
Ey mening yordamchim! Sen Allohga kalitdirsan,
Mening hayotimda va Oxiratimdagi suyanchimsan,
Ey Allohning Rasuli meni qo’limdan ushla,
Sendan boshqa hech kim men uchun qiyinchilikni osonlikka almashtira olmas,
Sen mavjud bo’lganlarning tojisan”
Agar Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam bunga o’xshagan narsalarni eshitsa edi, u o’zini ulardan yiroq qilgan bo’lur edi chunki Yolg’iz Allohdan o’zga hech kim qiyinchilikni osonlikka almashtira olmaydi.
Sunga o’xshash gazeta, mujalla va kitoblarda yozilgan she’rlar afsuski mavjuddir. Ular Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam, avliyo va solih kishilarga najot, yordam so’rab duo qilish haqiqadir qaysiki bu xohishlarni ular (Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam, avliyo va solih kishilar) bajara olishga qurbilari yo’q.
2. Avliyolar va solih kishilarning masjidlarga ko’milishi: Ko’pchilik Musulmon o’lkalaridagi masjidlarda ustida qubba qurilgan qabrlarni ko’rasiz. Ba’zi kishilar Allohdan so’rashni o’rniga ulardan (qabrlardan) yordam, najot so’rashadi. Shubhasiz, Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam quyidagi hadisda masjidda qabrlarni bo’lishini harom qilganlar:
”O’z payg’ambarlarining qabrlarini ibodat joyi qilib olgan Yahudiy va Nasroniylarga Allohning la’nati bo’lsin” Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Payg’ambarlarning masjidlarga ko’milishi shariatdan bo’lmasa (harom bo’lsa) qanday qilib shayxlarning masjidga ko’milishi halol bo’ladi? Ayniqsa ko’milgan inson Allohdan o’zgaga murojaat qilib yurganligini bilgandan keyin. Shuning uchun ham u shirkka olib kelishga sababchi amaldir va Islom shirkni va unga olib boruvchi barcha yo’l, vositalarni harom qildi.
3. Avliyolarga qasam ichish: Ba’zi kishilar avliyolarga atab qurbonlik qilish yoki sadaqa va boshqa narsalar qilishni qasam ichishadi. Bu qasam ichish shirkdir va uni paydo bo’lishini to’sish farz chunki, qasam ichish bu ibodat va u Yagona Allohgadir. ’Imronning xotini shunday dedi:
”Parvardigorim, mening qornimdagi narsani (homilani dunyo ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim” (Aal ’Imron surasi 3:35)
4. Payg’ambarlar va Avliyolar qabrlari atrofida(oldida) qurbonlik qilish: Hattoki agar qurbonlik Alloh uchun atalgan bo’lsa ham haromdir (shirk ko’rinishlaridan biridir) chunki, bu butlarining va haykallarining qabrlarida avliyolari uchun qurbonlik qilishgan mushriklar amallaridandir. Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam aytdilar: ”Kimki Allohdan o’zgaga qurbonlik qilsa uni Alloh la’natlagay” (Muslim rivoyati.)
5. Payg’ambarlar va avliyolar qabrlari atrofida tavof(biron narsa atrofida ibodat niyati bilan aylanish):Masalan, Al-Jilani, Ar-Rafaa’i, AL-Badavi, Al-Hussain and boshqalarning qabrlari atrofida tavof qilish shirkning ko’rinishlaridandir. Chunki tavof bu ibodatdir va Ka’ba atrofidan o’zga joyda uni qilish mumkin emas(harom) Allohning quyidagi oyatiga ko’ra:
“Va eski uy (Ka’ba)ni tavof qilsinlar”. (“Haj” surasi, 29 – oyat.)
6. Qabrlarga qarab namoz o’qish:Qabrlarga qarab namoz o’qish mumkin emas chunki Paygambarimiz sallallahu ’alayhi va sallam shunday deganlar:”Qabr ustida o’tirmanglar va ularga qarab namoz o’qimanglar” Imom Muslim rivoyatlari
7. Qabrlarga sayohat qilish: Qabrlardan baraka so’rash, izlash yoki ular atrofida namoz o’qish mumkin emas Payg’ambarimizning(sallallahu ’alayhi va sallam) quyidagi aytganlariga ko’ra:
”Uchta ta masjiddan o’zgaga sayohat qilmangiz:Masjid Al-Haram(Makkadagi Ka’ba), mening masjidim va Masjid Al Aqsa”. Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Demak, biz Madinaga borganimizda biz shunday aytishimiz (niyat qilishimiz kerak): ”Biz Payg’ambarimiz(sallallahu ’alayhi va sallam) ning masjidini ziyorat qilish va keyin unga salom berishga borayapmiz”
(Chunki Payg’ambarimizning(sallallahu ’alayhi va sallam) qabrlarini ziyorat qilaman deb niyat qilish mumkin emas. Niyat faqat masjidni ziyorat qilish uchun bo’lish kerak)
8. Alloh yuborgan qonundan boshqa qonun bo’yicha hukmlik qilish: ya’ni Qur’on va Sahih Hadisga qarshi bo’lgan qonunlarga amal qilish mumkinligiga ishonish shirk ko’rinishlaridandir. Bunga yana misol shuki, ba”zi ”ulamolar” Islomga qarshi kelgan fatwolar berishadi masalan, riboni halol qilishadi hattoki Alloh ribo bilan shug’ullangan ish qiladigan(ko’radigan) kishilarga urush e’lon qilgan bo’lsa ham. Shuning uchun ham bu turdagi fatwolarga ergashmasligimiz kerak aks holda Islomga qarshi amal qilib qolgan bo’lamiz.
9. Hokimlarga va shayxlarga bo’ysunish: Bu qachonki kimdir hokim yoki shayxga Qur’on va Hadisga qarshi masalada bo’ysunsa u holda bu bo’ysunish shirk ko’rinishlaridandir agar o’sha kishi hokim yoki shayxni Islomga qarshi bo’lgan masalarda ergashish mumkin deb ishonsa. Bu Payg’ambarimizning quyidagi aytganlariga ko’ra: …:” Hech kimga Allohga osiy qilishlikda bo’yin solish(ergashish) mumkin emas”.(Sahih, Ahmad rivoyati)
Va Alloh taolo aytdi:
”Ular (nasroniylar va yahudiylar) Allohni qo’yib o’zlarining donishmandlarini va rohiblarini hamda Masih binni Maryamni parvardigor deb bildilar(oldilar).Holbuki, faqat yagona Allohga ibodat qilishga ma’mur(buyurilgan) edilar. Allohdan o’zga ibodatga haqli zot yo’q. Ularning shirklaridan pok bo’lgan(yiroq bo’lgan) Zotga(Allohga) hamd va sanolar bo’lsin” (Tavba surasi 9:31)

