Laa ilaha illa Allaahning ma'nosi
Muallif: Shayx Muhammad bin Jamil Zino”Allohdan boshqa ibodatga loyiq zot yo’q”, bunda(ya’ni shahodatda) Allohdan o’zgalarga ibodat inkor qilinadi va ibodatning yagona Allohga ekanligi tasdiqlanadi.
1. Alloh taolo aytdi:
” Bas, (Ey Muhammad sallalahu ’alayhi va sallam), La ilaha illa-Allah (Allohdan o’zga ibodayga loyiq zot yo’q ekanligi)ni biling” Muhammad surasi 47:19
uning ilmini ma’nosi bilan birga bilish vojibdir va u (La ilaha illa-Allah) boshqa qolgan islom arkonlaridan ustun(yuqori pag’anada) turadi.
2. Payg’ambarimiz sallallahu ’alayhi va sallam dedilar:
”Kimki ixlos bilan(chin qalbdan) La ilaha illa-Allah desa Jannatga kiradi” Bazzar rivoyati va Shayx Al-Albani tomonidan Sahih Al-Jami’da sahih sanalgan
Ixlosli inson bu (la ilaha illa-Allahni) tushunadigan(ma’nosiga etadigan), uning shartlariga ko’ra amal qiladigan, boshqalarni unga chaqiradigan va boshqa masalalardan ustun qo’yadigan insondir, chunki u(La ilaha illa-Allah) Tavhidning aniq formulasi qaysiki insoniyat va jinn shuning uchun yaratilgandir.
3. Allohning elchisi sallallahu ’alayhi va sallam o’zining tog’asi Abu Tolibga u o’lim to’shagida ekanligida shunday dedi:
”Ey tog’a, La Ilaha illa-Allah deng, shoyadki bu orqali men siz uchun Alloh oldida yolvora olsam” Ammo uning tog’asi la ilaha illa-Allah deyishdan bosh tortdi”(Buxoriy va Muslim rivoyatlari)
4. Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam Makkada 13 yil mobaynida mushriklarga shunday deb da’vat etdi:
”Allohdan boshqa ibodatga loyiq zot yo’q ekanligiga shahodat beringizlar” (ya’ni La Ilaha illallah deb shahodat beringizlar)
Ammo ularning javobi Qur’onda ko’rsatilganidek shunday bo’ldi:
”(makka mushriklari) ularga o’zlaridan(ya’ni bashar avlodidan) bo’lgan bir ogohlantirguvchi – payg’ambar kelganidan ajablandilar va u kofirlar dedilar:"”u bir yolg’onchi sehrgardir.(Shuncha) xudolarni bitta xudo qilib olibdimi?! Haqiqatan bu juda qiziq narsa!"”Ularning kattari (bir-birlariga shunday deya tarqalib) ketdilar:”Yuringlar va o’z xudolaringizga (sig’inishga) qanoat qilinglar (ya’ni,ustivo bo’linglar)! Albatta bu (ya’ni ”La ilaha illa-Allah” deyish bizlardan) istaladigan(talab qilinadigan juda katta) narsadir,Bizlar bu haqda(ya’ni Allohning yakkayu yagona ekanligi haqida) so’nggi millat – dinda (gi odamlardan ham,ya’ni Islomdan avvalgi so’nggi din bo’lmish Nasroniy dinidagi odamlardan ham) eshitgan emasmiz. Bu faqat bir uydirmadir xolos” (Sod surasi 38:4-7)
Arab mushriklari kimki (chin dildan ishonib) La ilaha illa-Allah desa Allohdan o’zgaga iltijo qilib (duo qilib h.k) murojaat qilmaydi (ya’ni Allohdan o’zgaga ibodat qilmaydi) deb tushundilar va shuning uchun undan yiroq bo’ldilar va (uni) aytishdan bosh tortdilar. Alloh taolo aytdi:
”Chunki ular, o’zlaricha ”La ilaha illa-Allah”, deyilgan vaqtda kibr-havo qilgan edilar. Va ular:”Hali bizlar bir majnun shoirni deb xudolarimizni tark qilar ekanmizmi?” der edilar. Yo’q,(Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam also shoiri majnun emasdir, balki) u Haq(din)ni olib keldi va(o’zidan avval o’tgan)barcha payg’ambarlarni tasdiq etdi”(Ba-ssaffot 37:35-37).
Va payg’ambarimiz sallallahu ’alayhi va sallam dedilar:
” Kimki La ilaha illallah desa va Allohdan o’zga ibodat qilinuvchi barcha narsalarni rad etsa, uning moli va qoni saqlanadi va uning hisobi faqatgina Alloh taologa qoldiriladi(U bilandir)” (Muslim rivoyati)
Bu hadis bizga shuni o’rgatadiki, Shahodat kalimasini aytish Allohdan o’zgaga qaratilgan barcha ibodatlarni(ya’ni o’liklarga duo qilib ulardan madad so’rash va h.k) inkor, rad etishni zarur etadi.
Shunisi haqiqatan ham qiziqarliki, ba’zi musulmonlar tillari bilan La ilaha illallah deyishadi ammo o’zlarining amallari va Allohdan oz’gaga iltijo qilishlari bilan uning(La ilaha illa-Allahning) ma’nosiga zid(qarama-qarshi) ish qilishadi.
5. La ilaha illallah Tavhid va Islomning asosidir. U barcha ibodat turlari(formalari) anglanadigan to’liq hayot sistemasi(tuzumi). Bu narsaga musulmon o’zini Allohning buyrug’iga bo’yin solishi va faqatgina Unga chaqirishi (da’vat qilishi), hamda barcha (to’g’ri ,xato) masalalarni boshqa qonunlar bilan emas balki Uning Qonuni bo’yicha hal etishi orqaligina erishadi.
6. Imom Ibn Rajab shunday dedi:” Ilah so’zi Yagona bo’yin solinishga loyiq va osiylik qilinmaydigan, muhabbat, qo’rquv va umid bilan, Unga tavakkal qilish bilan Undan madad so’rash va faqatgina Unga duo qilish ma’nosini anglatadi. Bularning barchasi faqatgina Allohga loyiqdir.Demak, kimki bu masalarlarning(qaysiki barchasi Allohning haqi) birortasini Allohdan boshqaga yo’naltirsa La ilaha illa-Allah deganining xolisligi yo’qoladi”.
7. Payg’ambarimiz sallallahu ’alayhi va sallam aytdilar:”O’lim to’shagida yotganlarni La Ilaha illa-Allah deyishga undang chunki kimning oxirgi so’zlari La ilaha illallah bo’lsa natijada (oxirida) Jannatga kiradi undan oldin azoblanishdan o’tsa ham. (Ibn Hibbanning Sahihida rivoyat qilingan va Shayx Al-Albani tomonidan Sahih ul Jamida sahih sanalgan)
Hadisdagi ”undash” Shahodat – La Ilaha illa-Allahni shunchaki o’lim to’shagidagi odam oldida qaytarish emas balki, uni shahodatni aytishga undashdir. Bunga dalil Anas bin Malikning quyidagi hadisi:
”Allohning rasuli sallallahu ’alayhi va sallam (o’lim to’shagidagi) Ansarlardan birini ziyorat qilishga bordi va unga aytdi:” Tog’a, La Ilaha illallah deng” Ansori so’radi:”Sen meni onang tomonidan tog’a sanaysanmi yoki otang tomonidan?” Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam dedilar:”Onam tomonidan to’ga (deb sanayman)” O’sha kishi aytdi:”U holda men uchun La Ilaha illa-Allah deyish yaxshiroqdir(ma’qulroqdir)” Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam aytdilar:”Ha” (Ahmad rivoyati isnodi sahih Imom Muslim shartariga ko’ra)
8.La ilaha illa-Allah so’zi uni aytgan insonga agar hayotligida uning ma’nosiga tushunib chin dildan aytgan bo’lsa va Allohga shirk keltirib ,masalan o’liklardan najot so’rash, g’oyib kimsalarga iltijo qilish orqali uni(La ilaha illa-Allahni) behudaga chiqarmagan bo’lsa(buzmagan bo’lsa) unga foyda beradi.
Bu Tahoratga solishtirilishi mumkin qaysiki u siyish, yel chiqarish orqali buziladi.
Payg’ambarimiz sallallahu ’alayhi va sallam aytdilar:
”Kimki La Ilaha illallah desa, undan oldin nima bo’lishidan qat’iy nazar bir kuni u uning najoti bo’ladi”(Baihaqi tomonidan rivoyat qilingan, va Shaykh Al-Albani tomonidan Ahadith Sahiha No.1932 da sahih sanalgan)

