header
~~~::Aqida::~~~
Aqida asoslari
Allohga iymon
Farishtalarga iymon
Kitoblarga iymon
Rasullarga iymon
Qiyomatga iymon
Taqdirga iymon

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





Qiyomatga iymon

Muallif: Shayx Muhammad bin Solih al Usaymin rahimahulloh.

Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu 'alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.

Amma ba'd (bundan so'ngra)

Biz odamlar ne`matlar yoki azoblar diyoriga kirish uchun qayta tirilishadigan oxirgi kun - qiyomat kuniga iymon keltiramiz.

Biz Isrofil alayhissolatu vassalom surga ikkinchi marta dam urganida o`liklarning qayta tirilishlariga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Surga dam urildi va osmondagi, Alloh hohlagan maxluqlardan boshqa, barcha zotlar behush bo`lib yiqildilar. So`ngra, ikkinchi marta dam urildi. Banogoh ular tik qarab turadilar (Zumar: 68).
Odamlar qabrlaridan poyafzalsiz - yalangoyoq, kiyimsiz - yalang`och, xatnasiz - bus-butun holatlarida robbilari uchun chiqib keladilar. Alloh ta`olo dedi: "Sizlarni avval yaratganimiz holga qaytaramiz. Bu biz uchun zimmamizdagi va`daddir. Biz shunday qilguvchimiz" (Anbiyo: 104).

Biz bandalarning o`ng, chap va orqa taraflaridan beriladigan nomalariga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Nomasi o`ng tarafdan berilgan kishi engil hisob qilinadi va o`z ahliga xursand bo`lib qaytadi. Ammo nomalar orqa tarafdan berilgan kishi o`z halokatini chaqiradi va jahannamga tashlanadi" (Inshiqoq: 7 - 12);
"Biz har bir insonning qilgan amalini o`z bo`yniga ilib qo`yganmiz. (Uning amali o`zidan ajralmasdir). Va qiyomat kunida biz unga ro`baro` bo`ladigan ochiq kitob - amal nomalarini chiqarib ko`rsatamiz. Unga deyiladiki: "Amal nomangni o`qi! Bugun nafsing o`zingga qarshi etarli hisobchidir"" (Isro`: 13, 14).

Biz qiyomat kunida hech bir maxluqqa zulm qilmaydigan tarozu qo`yilishiga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Kim zarracha yaxshilik qilsa, uni ko`rar. Kim zarracha yomonlik qilsa, uni ko`rar" (Zilzol: 7, 8);
"Tarozulari(ning savob pallasi) og`ir kelgan kishilar najot topuvchilardir. Tarozulari(ning savob pallasi) engil jkelgan kishilar, ana o`shalar o`z jonlariga jabr qilgan va jahannamda mangu qoladigan kishilardir. Ularning yuzlarini olov kuydiradi va badbashara qilib tashlaydi" (Mo`minuvn: 102 - 104);
"Kim yaxshilikni olib kelsa, unga u yaxshilikning o`n barobaricha savoblar bor. Kim yomonlikni olib kelsa, yomonligi miqdoricha jazolanadi" (An`om: 160).

Biz rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o`zigagina berilgan katta shafoatga iymon keltiramiz. Alloh ta`oloning huzurida, Alloh ta`oloning izni bilan, boshlariga toqat qilib bo`lmaydigan musibat etganida Odam, Nuh, Ibrohim va Iyso alayhimussolatu vassalomlarning oldilariga borganlaridan so`ng, huzuriga kelgan odamlar o`rtasida hukm qilishlari uchun rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ushbu shafoat beriladi.

Biz jahannamga kirgan mo`minlarni jahannamdan chiqarish uchun beriladigan shafoatga iymon keltiramiz. Bu shafoat - payg`ambarimiz (Muhammad) sollalohu alayhi va sallam, boshqa payg`ambarlar va mo`minlar va farishtalarga ham beriladi. Bundan tashqari, Alloh ta`oloning o`zi ham shafoatsiz, o`z fazli va karami bilan ko`p mo`min bandalarini chiqarishiga iymon keltiramiz.

Biz rasululloh sollallohu alayhi va sallamga berilgan Havzga iymon keltiramiz. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin, mushk-anbardan xushbo`y, uzunligi va e`ni bir oylik yo`l, idishlari chiroyi va ko`pligida samo yulduzlari kabidir. Mo`minlra bu Havzga keladilar. Undan suv ichgan kimsa hech qachon chanqamaydi.

Biz jahannam uzra qurilgan ko`prik - Sirotga iymon keltiramiz. Uning ustidan odamlar qilgan amallariga qarab: ba`zilar chaqnagan chaqmoqdek, ba`zilar e`sgan shamoldek, ba`zilar uchgan qushdek o`tib boradilar. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam e`sa ko`prik boshida turib: "Robbim, qutqar"- deya yolborib turadilar. Ba`zi bandalarning (yaxshi) amallari oz bo`lgani uchun ko`prik ustidan e`maklab o`tadilar. Sirotning ikki tarafida Alloh ta`olo tarafidan buyurilgan osig`liq changaklar bor. Ular amr e`tilgan odamni tutib qoladilar. Sirotdan o`tgan odam qutulibdi, yiqilgan odam jahannam uchun tutilibdi.

Biz qiyomat kuni va uning dahshatlari haqida Allohning Kitobi va rasululloh sollalohu alayhi va sallamning sunnatlarida kelgan har bir xabarga iymon keltiramiz. Alloh bizni u kundagi balolardan saqlasin!

Biz rasululloh sollaohu alayhi va sallamning o`zigagina berilgan va jannat ahllarining jannatga kirishlari uchun qiladigan shafoatlariga iymon keltiramiz.

Biz jannat va jahannamning bor e`kaniga iymon keltiramiz. Jannat - Alloh ta`oloning taqvoli mo`min bandalari uchun tayyorlab qo`ygan, quloq e`shitmagan va insonning xayoliga kelmagan turfa ne`matlar bo`lgan diyordir. Alloh ta`olo dedi: "Hech bir jon qilgan amallari e`vaziga o`zi uchun berkitib qo`yilgan quvonchlarni bilmaydi" (Sajda: 17).
Jahannam e`sa, zolim kofirlar uchun Alloh ta`olo tayyorlab qo`ygan inson xayoliga kelmagan turfa qiynoqlar diyoridir. Alloh ta`olo dedi: "Biz zolimlar uchun jahannamni tayyorlab qo`ydikki, olovi ularni o`rab turadi. Ular yordam istasalar, yuzlarni pishiradigan suvlar beriladi. Bu qanday yomon sharob va yomon joy-a?" (Kahf: 29).  
Jannat va jahannam hozir ham bor va hech qachon foniy bo`lmaydi. Alloh ta`olo dedi: "Alloh Allohga iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishilarni ostlaridan daryolar oqib o`tadigan va kirganlar (mangu) qoladigan jannatlarga kiritadi" (Taloq: 11);
 "Alloh ta`olo kofirlarni la`nat qildi va ular uchun mangu qolishadigan jahannamni tayyorlab qo`ydi. Ular u yerda yordamchi ham, do`st ham topa olmaslar. Ularning yuzlari olovga burilgan kunda: "Allohga va payg`ambarga itoat e`tsak koshki e`di" deydilar" (Zuxruf: 64, 65).

Biz: "Jannat - Allohning Kitobi va sunnatda ochiq yoki sifatlar bilan ishora qilingan kishilar uchundir"- deb guvohlik beramiz. Abu Bakr, Umar, Usmon, Aliy va ulardan boshqa rasululloh sollallohu alayhi va sallam xabar bergan kishilar uchun aniq, barcha taqvoli va iymonli kishilar uchun e`sa belgilari bilan guvohlik beramiz.

Biz: "Jahannam Allohning Kitobi va sunnatda aniq va belgilari bilan lshora qilingan kishilar uchundir"- deb guvohlikberamiz. Abu Lahab, Amr ibn Luhay Huzoiy va boshqalarga aniq, har bir kofir, katta shirk amalini qilgan mushrik va munofiq uchun e`sa belgilari bilan guvohlik beramiz.

Biz qabr sinovi (fitnasi)ga iymon keltiramiz. U e`sa mayyit-o`likning o`z qabrida robbisi, dini va payg`ambari haqida so`roqqa tutilishidir. Alloh ta`olo dedi: "Alloh ta`olo iymon keltirgan kishilarni bu dunyo va oxiratda o`zgarmas so`z bilan sobitqadam qiladi" (Ibrohim: 27).
Mo`min berilgan savollarga: "Robbim - Alloh, dinim - Islom va payg`ambarim - Muhammad sollallohu alayhi va sallamdir"- deb javob beradi. Kofir e`sa: "Bilmauman, odamlar nima desalar, men ham o`sha so`zlarni aytar e`dim"- deydi.

Biz: "Qabr ne`matlari mo`min uchundir"- deb iymon keltiramiz. Allho ta`olo dedi: "Gunohdan pok hollarida jonlari olinmish insonlarga farishtalar: "Sizlarga tinchlik bo`lsin! Qilgan amallaringiz e`vaziga jannatga kiringlar"- deydilar" (Nahl: 32).

Biz: "Qabr qiynoqlari zolim kofirlar uchundir"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Siz zolimlarni o`lim talvasasida ko`rsangiz e`di. Farishtalar qo`llarini ochib: "Jonlaringizni chiqaringlar! Allohga nohaq so`zlarni aytganingiz va uning oyatlaridan yuz o`girganingiz uchun bugun xorlik azobi bilan "mukofotlanasizlar"- deydilar" (An`om: 93).

Bu to`g`rida ko`plab hadislar bor. Mo`min Allohning Kitobi va sunnatda kelgan bunday g`aybiy ishlarga iymon keltirishi va bu dunyoda o`rgangan narsalari bilan unga qarshi cgiqmasligi kerak. Chunki, o`rtalarida katta farq bo`lsada, oxirat ishlari dunyo ishlari bilan qiyoslanmaydi. Alloh gunohning barcha yo`llaridan saqlasin!

 

UzMuslima 2006.