Alloh taolo mavjud
Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu 'alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.
Amma ba'd (bundan so'ngra)
Musulmon Alloh mavjudligiga ishonishi kerak aks holda musulmon emas kofir hisoblanadi.
Alloh mavjudligi haqida ko’p gapirib ko’p isbotlar keltirish zarur emas. Chunki qariyb barcha insonlar Allohning mavjudligini bilishadi. Sof va to’g’ri aql Alloh mavjudligini tan oladi, biladi. Shunday bo’lsada Alloh mavjudligi haqida quyida bir qancha dalillar keltiramiz inshaAllaah:
Tabiiy dalil:
Alloh mavjud ekanligi yuragimizda(qalbimizda) bor.. chunki masalan , hattoki ateistlar ham bir juda qiyin ahvolga tushib qolganidan OH MY GOD deyishadi. Agar Allohga ishonmasa bu so'zlar qaerdan chiqdi?? O'z o'zidan chiqmaydiku? Ular ham qalblarida Alloh mavjudligini bilishadi ammo kibr va hasadlari sabab uni tan olishmaydi.
Keyin chaqaloqni o’z holida qo’yib qo’yilsa Allohni tanigan holatda ulg’ayadi..ammo uning ota-onasi yo’ldan adashtirishi mumkin. Bu haqda rasululloh sallallahu ‘alayhi va sallam aytdilar: :”Har bir chaqaloq fitratda (tabiiy xilqatda-Islomda) dunyoga kelur, ammo uning ota-onasi uni yahudiy, yoki nasroniy yoki zoroastrian (Majusiy) qilib qo’yishadi.” (Buxoriy va Muslim rivoyatlari)
Aqliy dalil:
Atrofimizdagi olamlarga qaraylik, planeta , osmon, yulduz va h.k.. Qaraylik ular qanday tartibda joylashgan..va o'ylaylik!... Hech narsa o'z o'zidan paydo bo'lmaydi.. Agar paydo bo'ladi deyilsa bu aqlga kirmaydigan narsa.. Kim biror o'z o'zidan paydo bo'lgan narsani aytib bera oladi?? Xosh shu planetalar umuman butun olam qaerdan paydo bo'ldi? Albatta ularning kimdir yaratgan.. va bu yaratgan Zot Allohdir.
Yana aniqroq tushuntirish uchun quyidagi misolni keltiramiz:
Agar biror kishi sizga atrofi daryolar oqadigan chiroyli bog'lar bilan o'ralgan, hamda
chiroyli gilamlar va ko'rpachalar to'shalgan va turli xil boshqa bezaklar va xazinalar bilan bezatilgan saroy haqida aytsa va keyin desaki bu saroy o'z o'zidan paydo bo'lgan yoki bu shunchaki o'z o'zidan yo’qdan paydo bo'ldi hech kimning yordamisiz . Albatta shundan keyin siz u kishiga ishonmaysiz va unga yolg'onchisan deb aytasiz va uni jinni deb o'ylaysiz.Axir u holda qanday qilib bu keng hayratlanarli tardibda joylashgan koinot, planeta , osmon, yulduz va ular ichidagi narsalar o'z o'zidan paydo bo'ladi deyish mumkin? ya'ni hech qanday yaratuvchisiz?
Alloh taolo aytadi:
”Osmonlar va Yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi zot mavjud ekanligiga) ochiq(aniq)oyat-alomatlar borligi shubhasizdir” Oli Imron surasi 3:190
”Albatta kecha va kunduzning almashib turishida hamda Alloh osmonlar va Yerda yaratib qo’ygan narsalarda Allohdan (va Uning azobidan) qo’rqadigan qavm uchun ochiq(aniq) oyat-alomatlar bordir” Yunus surasi 10:6
”Albatta osmonlar va Yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, dengizda odamlarga kerakli narsalarni olib yurgan kemalarning (suzishida) va Alloh osmondan tushirgan va u sababli o’lik yerni tiriltirib,bor jonzotni tarqatib-yoyib yuborgan suv(yomg’ir) degan ne’matda va shamollarning yo’naltirilishida, osmon va Yer orasidagi itoatgo’y bulutda –(bularning hammasida) aqlli kishilar uchun Allohning yagona Robb ekanligiga ochiq(aniq) oyat-alomatlar bordir” Baqarah surasi 2:164
Hech narsa yo'qdan o’z o’zidan paydo bo'lmaydi. Barcha narsaning yaratuvchisi bu Allohdir..Alloh taolo aytadi:
”Balki ular hech narsadan(ya’ni Yaratuvchisiz) yaralib qolgandirlar! Yoki ular o’zlari yaratguvchimikanlar-a?! Balki osmonlar va Yerni ham ular yaratgandirlar?! Yo’q, ular ishonmaslar! Balki ularning huzurlarida Parvardigoringizning xazinalari bordir? Yoki ular(butun borliqni) boshqarib turguvchimikanlar-a?!” Tur surasi 52:35-37
Tajribadan dalil:
Musulmon kishi Allohga duo qilganda duosi ijobat bo’ladi. Agar biror kimsani bir xonaga qamab qo’yilsa u holda u kimsa yonidagi qo’shni xonada biror kimsa bormikan deb devorni taqillatadi yoki ”hey kim bor?” deydi. Agar qo’shni xonada biror kishi bo’lsa u kishi ham borligini bildirib devorni taqillatadi yoki ”men borman” deb javob beradi.Shunga o’xshah musulmon kishi necha martalab chin qalbdan , xolisona Allohga duo qiladi, Alloh esa duosini ijobat qiladi. Bu ham Allohning mavjudligiga dalil.
Qu’ron nuqtai nazaridan dalil:
Ba’zilar so'rashi mumkin,,Allohni ko'rmaymiz qanday qilib ishonamiz unga deb.. Bunga javob masalan..mening shu yozganimni ularga ko’rsating ular o’qishadi ammo meni ko'rganlari yoq lekin mening mavjudligimni bilishadi.
Shunga o'xshah..Alloh mavjudligiga dalil sifatida Qur'onni vahiy qildi. Qur'on bu Allohning So'zi. Qur'onni shoir Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) to'qib chiqargan deganlar xato qiladi chunki masalan..agar Muhammad payg'ambarning(sallallahu ’alayhi va sallam) hayotini o'qisak u kishi hayotida juda ko'plab azob-qiyinchiliklarga uchragan ..yoshligidan etim qolgan.. ko'pchilik farzandlari yosh holda vafot etgan..Ammo Qur'onda bu haqda hech narsa aytilmagan..agar Qur'onni Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) to'qib chiqargan bo'lsa edi bu haqda yozmas edimi?
Yana shuki Qur'onda Muhammaddan(sallallahu ’alayhi va sallam) oldin kelgan tarixiy voqealar haqida gap yuritiladi. Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam)ning o'zi o'qishni bilmagan, yozishni ham..hech qaerda o'qimagan.. qanday qilib oldin o’tgan Tarixiy voqealarni shunday aniq holda aytib berishi mumkin??
Bundan tashqari..Qur'onda fan olimlari yaqindagina kashf etgan ko'pchilik narsalar haqida aytilgan.. Agar Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) na yozishni bilgan bo'lsa, na o'qishni bilgan bo'lsa, na biror fan olimi bilan o'tirgan bo'lsa qanday qilib 1400 yil avval hozir fan olimlari zo'rg'a shunday qiyin asboblar bilan kashf qilgan narsani aytib bera oladi?? Albatta bularning barchasiga javob bu Qur'onni Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam) to'qib chiqargan emas..balki Qur'on ilohiy ekanligi va U Allohning So'zidir.
Alloh taolo aytadi:
”Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqa birov tomonidan bo’lsa edi, unda ko’p qarama-qarshiliklarni topgan bo’lar edilar-ku?!” Niso surasi 4:82

