Allohning Kitoblariga iymon
Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu 'alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.
Amma ba'd (bundan so'ngra)
Biz Alloh ta`olo o`zining payg`ambarlariga zolim odamlarga hujjat bo`ladigan va solih kishilar uchun hidoyat bo’ladigan kitoblarni nozil qilganiga iymon keltiramiz. Payg`ambarlar bu kitoblar vositasi bilan odamlarga hikmatlarni o`rgatdilar va ularni shirk balolaridan tozaladilar.
Biz Alloh ta`olo barcha rasullarga kitob nozil qilganiga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi:"Shubhasiz, Biz O’z payg’ambarlarimizni aniq hujjat-mo’jizalar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar adolatni barpo qilishlari uchun mezon-tarozi tushirdik. " (Hadid surasi 57:25)
Alloh ta`olo tomonidan yuborilgan kitoblarning bizga ma`lum bo`lganlari quyidagilardir:
1. Tavrot. Tavrot - Alloh ta`olo Muso alayhissolatu vassalomga nozil bo`lgan kitob bo`lib, Isroil o`g`illariga yuborilgan kitoblarning e`ng buyugidir. Alloh ta`olo dedi:"Albatta Biz Tavrotni hidoyat va nurni o’z ichiga olgan holda nozil qilganmiz. Allohga bo’yinsunuvchi o’lgan payg’ambarlar, olimlar va donishmandlar o’zlariga Allohning Kitobi omonat qo’yilgani sababli yahudiylarga u(ya’ni Tavrot hukmlari) bilan hukm qiladilar. Ular bu Kitob ustida guvohdirlar.” (Moida surasi 5:44).
2. Injil. Alloh ta`olo Injilni Iso alayhissalatu vassalamga vahiy qildi.Injil Tavrotni tasdiqlab va to`ldirib kelgan. Alloh ta`olo dedi: "Biz Iso (alayhissalatu vassalam) ga ichida hidoyat va nur bo`lgan, o`zidan avvalgi Tavrotni tasdiqlagan, taqvodorlar uchun kidoyat va mav`iza bo`lgan holida Injilni berdik" (Moida surasi 5:44)
".. Sizlar uchun harom qilingan ba`zi narsalarni halol qilish uchun (Injilni indirdi)" (Oli Imron surasi 3:50).
3. Zabur. Alloh ta`olo Zaburni Dovud alayhissalatu vassalamga nozil qildi.
4. Qur`on Karim. Alloh ta`olo Qur`on Karimni payg`ambarlarning e`ng so`nggisi Muhammad sallallahu ’alayhi vasallamga nozil qildi. Alloh ta`olo dedi:"(U sanoqli kunlar) ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo’lib va hidoyat va Furqon(haq bilan botilni ajratuvchi)ning ochiq oyatlari bo’lib Qur’on nozil qilingan" (Baqara surasi 2:185).
Alloh Qur’onda aytadi:”Sizga esa(ey Muhammad sallallahu ‘alayhi va sallam) o’zidab oldingi Kitob(lar)ni tasdiqlovchi va u(Kitoblar) ustida guvoh bo’lgan bu Kitobni haqqirost nozil qildik” Moida surasi 5:48
Alloh ta`olo Qur`on Karim vositasi bilan avvalgi barcha kitoblarni bekor qildi hamda Qur`onni soxtalashtiruvchi qo`llardan himoya qilishni o`z zimmasiga oldi. Alloh ta`olo dedi: "Biz sizga Qur`onni nozil qildik va shubhasiz uni biz himoya qilamiz(saqlaguvchimiz)" Hijr surasi 15:9- dedi. Chunki, Qur`on karim qiyomat kuniga qadar maxluqlar(mavjudotlari) uchun hujjat bo`lib qoladi.
Ammo Qur`on Karimdan avval nozil bo`lgan kitoblar, uning ichidagi hukmlarni bekor qiladigan hamda undagi o`zgartish va soxtakorlikni bayon qilib beradigan kitoblar nozil bo`lganidan boshlab o`z kuchini yo`qotadi. Shuning uchun ham avvalgi kitoblar ma`sum qolmadi. Balki, ularga turli o`zgartishlar va qo`shimchalar qo`shilib ketdi. Alloh ta`olo dedi: "Yahudiylarning ba`zilari so`zlarni o`z o`rnidan o`zgartdilar" (Niso surasi 4:46)
"Kitobni oz pul e`vaziga sotish uchun o`z qo`llari bilan yozib, keyin: "Bu Alloh huzuridan kelgan"- deb aytgan kishilarning hollariga voylar bo`lsin! Qo`llari yozgan narsalar va kasb qilgan narsalari uchun ularning hollariga voylar bo`lsin!" (Baqara surasi 2:79)
"Ayting: "Muso (alayhissolatu vassalom) odamlar uchun nur va hidoyat qilib olib kelgan va sizlar uni o`z xohishlaringizga to`g`ri keladigan hukmlarni ko`rsatib, t`og`ri kelmaydiganini ko`rsatmaydigan daftar qilib oldingiz!"" (An`om surasi: 91);
"Kitob ahllaridan bir guruh kitob deb gumon qilib, Kitobni o`zgartmoqdalar. U - Kitob e`masdir. Ular uni Allohning huzuridan deb aytmoqdalar. Alloh ta`olo kitob, hukm va payg`mbarlik ato e`tgan kishining odamlarga: "Allohni qo`yib menga banda bo`linglar!"- deb aytishi mumkin e`masdir" (Oli Imron surasi 3:78, 79)
"Ey ahli kitob, mana, elchimiz(Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam) sizlar Kitobingiz (Tavrot, Injil) orasidan yashirib kelgan(u zotning payg’ambar bo’lishlari va yana boshqa zarur masalalar xususidagi) ko’p narsalarni sizlarga bayon etgan holda, (faqat sizlarning sirlaringizni ochib, sharmanda qilish uchungina ishlaydigan) ko’p narsalarni tark etgan holda keldi. Sizlarga Alloh tarafidan Nur-Ochiq Kitob keldiki, Alloh u sababli O’zining rizoligiga ergashgan zotlarni najot yo’llariga hidoyat qilur va O’zi iznu irodasi bilan ularni zulmatlardan nurga chiqarur va ularni To’g’ri Yo’lga hidoyat qilur.”Alloh-Masih binni Maryamdir” degan kimsalarning kofir bo’lganliklari aniqdir"" (Moida surasi: 15-17).

