Allohning Ism va Sifatlari haqida
Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu 'alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.
Amma ba'd (bundan so'ngra)
Alhamdulillah biz oldingi darsimizda Allohning Uluhiyati ya’ni Allohdan o’zga ibodatga haqli zot yo’q ekanligi haqida to’xtalib o’tgan edik. InshaAllaah biz bu darsimizda Allohga iymon nimalarni o’z ichiga olishi haqidagi mulohazalarimizni davom ettirib Allohning Ism va Sifatlarida yagona ekanligi haqida gapiramiz.
Biz Allohning Komil va Go’zal Ismlari hamda Ulug’(Buyuk) Sifatlari bor ekanligiga iymon keltiramiz.
Ya’ni Alloh taolo Qur’oni karimda O’zini qanday ismlagan va sifatlagan bo’lsa, yoki Rasululloh (sallallahu ’alayhi va sallam) sahih hadislarda u Zotni qanday ismlagan va sifatlagan bo’lsalar, ushbu Ism va Sifatlarga ularning so’zini yoki ma’nosini o’rgartirmasdan(tahrif), ularni inkor qilmasdan (ta’til), ular qanday deb so’ramasdan(takyif), hamda maxluqotlarning ism va sifatlariga o’xshatmasdan(tamsil) ammo bildiradigan ma’nolarini qabul qilib iymon keltirishdir.
Alloh taolo aytadi:
”Allohning gozal va komil ismlari bordir.Bas,Uni o’sha ismlar bilan chorlanglar(yod etinglar).Uning ismlarida haqdan og’ib shirk qiladigan mushrik kimsalarni tark qilinglar.Ular yaqinda qilib o’tgan amallariga yarasha jazolanur” AL-’Arof surasi 7:180
“Osmonlar va yerdagi eng yuksak va buyuk tasvirlash Unikidir(Undan boshqa ibodatga haqli zot yoq va Unga o’xshah hech narsa yo’q). U qudrat va hikmat egasidir” Ash-Shuro surasi 30:27
“Bas, Allohning o’xshashini qidirmanglar(U xotning misli-o’xshashi yo’qdir).Albatta,Alloh (barcha narsani) bilur, sizlar bilmassiz” An Nahl surasi 16:74
” Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11)
Biz Allohning Ism Va Sifatlarini Qur’on va Sahih sunnatdan bilamiz. Shuning uchun biz Allohni Alloh va uning rasuli (sallallahu ’alayhi va sallam) aytmagan ismlar bilan ismlay olmaymiz. Allohni Alloh va uning rasuli (sallallahu ’alayhi va sallam) aytmagan (ko’rsatmagan) sifat bilan sifatlay olmaymiz. Kimki shunday qilsa u yolg’onchidir. Alloh taolo O’zini maxluqotlaridan ko’ra yaxshiroq biladi. Rasululloh sallallahu ’alayhi va sallam maxluqot ichida Allohni yaxshiroq biladi.
Allohning barcha Ismlari Uning Sifatini ko’rsatadi,masalan, Alloh Ar Rahman Ar Rahim, Alloh Ar Rahman rahmga ega, Ar Raheem rahm beruvchi va h.k Ammo Alloh O’zini Ism aytmasdan ba’zi Sifatlar bilan tasvirlagan. Alloh bandalaridan rozi boldi, Alloh achchiqlandi. Bular faqatgina Allohning Sifatlari, Ismlari emas.
Allohning Ism va Sifatlarida Yagonaligi masalasida ikki guruh kishilari to’g’ri yo’ldan adashishgan:
- Mu’attilah- bular Alloh Ism va Sifatlarini inkor qiluvchilar, ba’zilari aytishadiki, Allohga Ism va Sifat berish degan so’z Uni maxluqotlarga o’xhatdik degan gapdir. Bu yol’gon va botil ta’kiddir. Botilligi quyidagi yo’llarda korinadi:
a) Agar ular aytganday aytilsa u holda Allohning So’zida qarama-qarshilik bor degan xulosa chiqadi. Chunki Alloh O’zini Ism va Sifatlar bilan tasvirlagan va aytganki Unga o’xshash hech nars yo’q deb. Agar Allohning ism va sifatlarini qabul etish(ularga iymon keltirish) Allohning maxluqotlariga o’xshashligini keltirsa bu bildiradiki Allohning So’zlarida qarama-qarshilik borligini. Alloh esa bu kabi narsalardan yiroqdir.
b) Agar maxluqotlarda o’xshash ism bo’lsa ham Yaratganga o’xshash deganligini bildirmaydi. Masalan,Alloh Eshituvchi, Ko’ruvchi, maxluqotlar ham eshituvchi, ko’ruvchi. Alloh barcha narsani eshitadi, barcha narsani ko’radi O’zining Buyukligiga xos ravishda. Maxluqotlarning eshitishi va ko’rishi chegaralangan. Agar ism va sifatlar bir xil bo’lsa ular o’xshash degan ma’noni bildirmaydi.Maxluqotlar ichida bir xil ismva sifatga ega bo’lganlari bor ammo hususiyatlari har xildir. Masalan, maxluqot yuzga ega, odamlar yuzga ega hayvonlar yuzga ega. Ammo ularning yuzlari har xil. Hattoki, masalan, ayol bilan erkak,yevropalik erkak, africalik erkaklarning yuzlari har xil. Aka-ukalarning yuzlari har xil. Hatto, kishining yoshligidagi surati bilan qariligidadi suratida farq bor.Agar inson bilan hayvon, ikki inson yuzida, aka-ukalar yuzida, bir insonning yoshligidagi va qariligidagi yuzida faqr bo’lsa Yaratganning Yuzi bilan maxluqot yuzi o’rtasidagi farq undan ham kattaroqdir.Alloh taolo aytadi:”Buyuklik va hurmat sohibi bo’lgan Robbingizning Yuzi mangu-boqiy qoladi”. Ar-Rahmon surasi 55:27 Allohning barcha sifatlari O’zining Buyukligiga xos va maxluqotlaridan farq qiladi.Yana bir misol Qo’l. insonlar orasida o’ng qo’l bilan chap qo’l o’rtasida farq bor.Bittasi kuchliroq ikkinchisidan ko’ra. Insonlar bir –birlarining qo’llari o’rtasida farq bor. Maxluqotlar qo’llari orasida bunday farq bo’lsa Yaratganning Qo’li bilan maxluqotlar qo’li o’rtasidagi farq kattaroqdir. "Ular Alloh ta`oloni yaxshi(to’g’ri) tanimadilar. Yer qiyomat kunida Alloh ta`oloning Qo`lida bo`ladi. Samovot e`sa Uning O`ng Qo`lida bo`ladi. U Zot ularning(mushriklarning) shirklaridan pok va yuksakdir" (Zumar 39:67).” Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11)
- Mushabbihah – Allohning Ism va SIfatlarini qabul qiluvchilar ammo Allohning Ism va Sifatlari maxluqotlarnikiga o’xshash deb ta’kidlovchilar. Ular Alloh O’zini maxluqotlarida bo’lgan ism va sifatlar bilan tasvirlagan shuning uchun Uning ism va sifatlari maxluqotlarinikiga o’xshash bo’lishi kerak deb da’vo qilishadi. Yuqorida biz agar ism va sifatlar o’xshash bo’lsa undan Alloh maxluqotga o’xshash degan narsa kelib chiqmasligini isbot qildik. Agar biror kishi so’rasaki, agar Alloh maxluqotga o’xshamasa nima uchun O’zini maxluqotlarida mavjud bo’lgan sifatlar bilan tasvirlagan de. Masalan, Alloh Sami’ul Baseer=Eshituvchi va Ko’rivchi, maxluqot ham sami’ul baseer eshituvchi va ko’ruvchi. Nega bunday? bunga javob shuki, Alloh shunday qildiki, biz tushuna olamiz. Agar Alloh O’zi haqida Alloh ABCD desa biror narsa tushuna olamizmi? Bundan tashqari Alloh Rozi bo’lishi, Achchiqlanishi kabi O’zining Buyukligiga xos sifatlardan tushunamizki, biz Allohning roziligini olishga muyassar etadigan va achchiqlanishiga sabab bo’lmaydigan amallarni doimo qilishimiz zarur. Allohning Rozi bo’lishi, achchiqlanishi maxluqotlarning achchiqlanishi va rozi bo’lishiga o’xshah emas. ” Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11)
Alloh sifatlari maxluqot sifatlariga o’xshash emas, ularni inkor qilish, ma’nosini o’rgartirish va qanday deb so’rash mumkin emas.Masalan, Alloh qanday gapiradi, qanday eshitadi, qanday ko’radi deb so’rash mumkin emas.
Agar biz biror narsaning qandayligini bilmoqchi bo’lsak, bizga quyidagi 3 yo’ldan bittasi kerak bo’ladi:
1. Biz u narsani ko’rishimiz kerak shu holda qandayligini tasvirlay olamiz.
2. Bizga biror kishidan ishonarli(sahih) ma’lumot kelsa o’sha narsa haqida u holda bu narsa qandayligi haqida ilmga ega bo’lamiz.
3. Biz unga o’xshash narsani ko’rsak uning qandayligini ayta olamiz.
masalan, agar toshkentning zakaz somsasi qandayligini bilmoqchi bo’lsak, biz uni borib ko’rishimiz, yoki ko’rgan kishidan so’rashimiz, yoki bir kishi kelib u somsa shu shu yerdagi somsaga o’xshah deb aytishi orqali bila olamiz.
Ammo, bu yo’llar Alloh qandayligini bilish uchun emas. Chunki, biz Uni ko’rmaganmiz, hech kim qandayligini aytmagan,, va hech narsa Allohga o’xshamaydi.
Bu 3 yo'ldan boshqa biror yo'l yoqki biz narsani qandayligini bila olsak. Demak, bu yo’llar orqali hech qachon Allohning qandayligini bila olmaymiz. Shuning uchun, biz barcha sifatlarga iymon keltiramiz, ularni maxluqot sifatlariga o’xshash demaymiz, qanday deb so’ramaymiz va ma’nosini o’zgartirmaymiz. Alloh va Uning rasuli(sallallahu ’alayhi va sallam)dan qanday kelgan bo'lsa shundayligicha qabul qilamiz.
Bundan tashqari biz Alloh taoloning Arshi yuqorisida ekangiga iymon keltiramiz:
Alloh taolo osmon(yuqorisi)da, Arshi A’lo ustida(yuqorisida)dir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: “(U zot) O’z Arshi yuqorisida o’rnashdi”. (Toha surasi 20:5)
Imom Buxoriy aytishlaricha, “O’rnashdi”dan murod ko’tarildi va yuqori bo’ldi demakdir.
Payg’ambar (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: “Alloh taolo jamiki narsalarni yaratishdan ilgari bir kitobni yozdi… Bu kitob U bilan Arshi A’lo yuqorisidadir”. Imom Buxoriy rivoyatlari
Bu darsda quyidagilar o’rganildi:
1.Allohning Ism va Sifatlariga iymon nimani anglatishi
2. Allohning barcha Ismlari Uning Sifatini ko’rsatishi.
3.Allohning ismga ega bo’lmagan ba’zi sifatlarining mavjudligi
4.Allohning Ism va Sifatlarini tushunishda adashgan ikki guruhning shubhalarini yoqqa chiqarish
5.Allohning Arshi yuqorisida ekanligi
Vazifa:
1.Allohning Ism va Sifatlari deganda nimani tushunishni ayta bilish
2. Allohning Ism va Sifatlarini tushunishda adashgan guruhlarning shubhalarini yo’qqa chiqara bilish
3. Alloh Arshi ustida ekanligini esda saqlash ya’ni Alloh qaerda deb so’ralsa Alloh Arshi yuqorisida bu haqda Qur’on va sunnatda dalillar bor deb aytish va iloji bo’lsa dalillarni esda saqlash.
4. Quyidagi oyatni esda saqlash:
” Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir”. (Shuro surasi 42:11)
va Alloh yaxshiroq biladi.

