Ibodat Tavhiddir
Muallif: Shayxul Islom Muhammad bin Sulaymon At TamimiAlloh taolo aytdi:
“Men(Alloh) jin va insni faqat(Yagona)O’zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim”(Va-z-zoriyot surasi 51:56)
Yana U aytdi:
“Aniqki, Biz :”(Yagona) Allohga ibodat qilinglar va Tag’ut(barcha yolg’on ilohlar va hokazo, ya’ni Allaahdan o’zga (Tag’ut)ga ibodat qilmang) dan yiroq bo’linglar, (degan vahiy bilan) har bir Ummatga elchi(payg’ambar) yuborganmiz” (Nahl surasi 16:36)
Yana U aytdi:
“Va Parvardigoringiz, yol’giz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga nohurmat so’zlarni aytma va ularga qarab ovozingni ko’tarma(baqirma)! Aksincha ularga (doimo) yaxshi so’z(hurmat) bilan murojaat qil! Ular uchun, mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut – xokisor bo’l va :- “Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab-o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin”, deb (haqlariga duo qil!). (Al-Isro surasi 17:23,24)
Yana U aytdi:
“Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani (ibodatda) sherik qilmanglar” (Niso surasi 4:36)
Yana U aytdi:
“Ayting(Ey Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam):”Kelinglar, Parvardigoringiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beray: U zotga biron narsani sherik qilmangiz;ota-onaga yaxshilik qilingiz; bolalaringizni kambag’allikdan (qo'rqib) o’ldirmangiz – Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz – buzuq ishlarning (zino qilishlik, mast qiluvchi ichimlik ichish va h.k) oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz; va Alloh (o’ldirishni) harom qilgan jonlarni o’ldirmangiz, magar haq bilan (ya’ni, qasos olish uchun yo murtad bo’lgani, yoki zino qilgani uchun shariat hukmi bilan o’ldirishingiz mumkin).Shoyad aql yurgizarsiz (tushunarsiz), deb sizlargni U(Alloh) mana shu narsalarga buyurdi. Va etimning moliga to voyaga etguncha yaqinlashma toki uni (molini) yaxshilashdan tashqari(ya’ni etimning moliga voyaga etguncha chiroyli chiroyli yo’l bilan yaqinlashingiz); va O’lchov va tarozini adolat bilan to’la tortingiz; Biz hech bir jonni togatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz. Va so’zlaganingda (guvohlik berganingda h.k.) garchi yaqin qarindoshingiz bo’lsa ham adolat qilingiz, va Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz. Shoyad U(Alloh) eslatma(nasihat) olursiz, deb sizlarni mana shu narsaga buyurdi. Albatta mana shu Mening To’g’ri Yo’limdir. Bas shu yo’lga ergashinglar. Boshqa yo’llarga (tobe bo’lmang) ergashmangiz, ular sizlarni Uning yo’lidan uzib qo’yar. Shoyad U(Alloh) taqvodor(taqvoli, taqvo qiluvchi) bo’lasiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi”. (A’rof surasi 6:151-153)
Ibn Mas’ud(radiallahu ’anhu) aytdiki:
“Kimki Muhammad payg’ambar(sallallahu ’alayhi va sallam)ning payg’ambarlik muhri qo’yilgan eng birinchi istagini aniq bilishni istasa unga Allohning quyidagi kalomini o’qishini ayt:
“Ayting(Ey Muhammad(sallallahu ’alayhi va sallam)):”Kelinglar, Parvardigoringiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beray: U zotga biron narsani sherik qilmangiz;ota-onaga yaxshilik qilingiz; bolalaringizni kambag’allikdan (qo'rqib) o’ldirmangiz – Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz – buzuq ishlarning (zino qilishlik, mast qiluvchi ichimlik ichish va h.k) oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz; va Alloh (o’ldirishni) harom qilgan jonlarni o’ldirmangiz, magar haq bilan (ya’ni, qasos olish uchun yo murtad bo’lgani, yoki zino qilgani uchun shariat hukmi bilan o’ldirishingiz mumkin).Shoyad aql yurgizarsiz (tushunarsiz), deb sizlargni U(Alloh) mana shu narsalarga buyurdi. Va etimning moliga to voyaga etguncha yaqinlashma toki uni (molini) yaxshilashdan tashqari(ya’ni etimning moliga voyaga etguncha chiroyli chiroyli yo’l bilan yaqinlashingiz); va O’lchov va tarozini adolat bilan to’la tortingiz; Biz hech bir jonni togatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz. Va so’zlaganingda (guvohlik berganingda h.k.) garchi yaqin qarindoshingiz bo’lsa ham adolat qilingiz, va Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz. Shoyad U(Alloh) eslatma(nasihat) olursiz, deb sizlarni mana shu narsaga buyurdi. Albatta mana shu Mening To’g’ri Yo’limdir.”
Muaz Ibn Jabal(radiallahu ’anhu) dan rivoyat qilinadiki:
“Men payg’ambar (sallallahu ‘alayhi va sallam) orqalarida eshakka mingashib ketayotgandim va u menga aytdi:”Ey Mu’az, Allohning bandalaridagi haqqi va bandalarning Allohdagi haqqini bilasanmi?” Men javob qildim:”Alloh va Uning rasuli yaxhiroq biladi”.U davom etdi:” Allohning bandalardagi haqqi, faqatgina Unga ibodat qilish va hech qachon hech narsani U bilan sherik qilmaslik. Bandalarning Undagi (Allohdagi) haqqi U bilan sherik qilmagan bandani jazolamaslikdir”. Men aytdim:”Ey Allohning elchisi, odamlarga bu xushxabarni aytaymi(etkazaymi)?” U javob berdi:”Yo’q, ularga aytma qaysiki ular (bu va’daga) bog’lanib qolishadi (va Unga(Allohga) xizmatdan qaytadi) [Yuqoridagi Hadith 2 Sahih kitoblarida keltirilgan{Al-Bukhari and Muslim}].
Bu bo’limning asosiy masalalari.
1) Allohning jinn va insoniyatni yaratgandagi hikmati
2) Ibodat Tavhiddir, bu haqda doimo kelishmovchilik bo’lib kelgan(payg’ambarlar va mushriklar ‘ortasida)
3) Tavhid talablarini bajarmaganlar, ular Allohga ibodat qilmaganlar kabidir, va bu ma’noda quyidagi oyat :
“Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar” (Kofirun surasi 109:3)
4) Payg’ambarlar yuborilgandagi hikmat
5) Payg’ambarimiz(sallallahu ‘alayhi va sallam)ning xabarlari(Tavhid) butun insoniyatga tegishlidir(amal qiladi)
6) Barcha payg’ambarlar bitta va bir xil din olib kelishgan.
7) Eng katta masala shuki Allohga ibodat Tag’ut tashlanib va rad qilinib bo’lmaguncha bajarilana olmaydi. Bu ma’noda Allohning quyidagi oyati:
“Kim Tag’utdan yuz o’girib, Allohga iymon keltirsa, u hech ajrab ketmaydigan mustahkam xalqani ushlabdi.” (Baqara surasi 2:256)
8) Tag’ut bu Allohdan o’zga ibodat qilinuvchilarning to’plamidir.(ularni o’z ichiga
oladi).
9) Surah Al-An’am (6:151-156) ning bu 3 ta ochiq oyatlarining salaflar orasida eng
muhimligi. Bu oyatlarda 10 ta masala mavjud, birinchisi bu shirkning man etilganligi(haromligi)
10) Surah Al-Isra(17:22-39) dagi oyatlar 18 ta katta masalarni o’z ichiga oladi. Alloh
ularni(masalalarni) quyidagicha boshlaydi:
“Va siz yana Alloh bilan birga o’zga biron iloh ham bor, deb mazammatlanguvchi va mahrum bo’lib o’tirmang(Jahannamda)” (Al-Isro surasi 17:22)
Va quyidagicha tugatadi:
“Va siz Alloh bilan birga yana boshqa biron iloh bor deb, malomatlangan va (Alloh rahmatidan) quvilgan holda jahannamga tashlanmang” (Al-Isro surasi 17:39).
Alloh bu masalalarning muhimligini quyidagi oyatda bildiradi:
“Bu Oyatlar Parvardigoringiz sizga vahiy qilgan hikmatlardan(yaxhi axloq and ulkan odob, va h.k.) ayrimlaridir” (Al-Isro surasi 17:39).
11) Suran An-Nisa(4:36) oyati “10 ta haqlar” deb ataladi qaysiki Alloh uni
quyidagicha boshlaydi:
“Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar”
12) Biz Muhammad(sallallahu ‘alayhi wa sallam) ning o’limdan oldin bergan ogohlarni ‘etiborga olishimiz kerak.
13) Allohning bandalardagi haqqini anglash
14) Bandalarning Allohdagi haqqini anglash, agar ular Allohning haqqini bajarsa.
15) Bu masala ko’pchilik payg’ambarimiz sahobalariga(radiallahu ‘anhu) ma’lum emas edi.(Islom yangi kelgan paytda)
16) Umumiy yaxshilik uchun ba’zi ilmlarni yashirish mumkinligi(shariatda
ko’rsatilganidek)
17) Quvonarli yangiliklarni boshqa musulmonlarga etkazish yaxshi(maqbul) amallardandir.
18) Biz Allohning rahmati keng ekanligiga tayanib Unga ibodat qilmay qo’yishlikdan qo’rqishimiz lozim.
19) Bilmagan masalasi haqida so’ralgan kishining:”Alloh va uning Payg’ambari yaxshiroq biladi “ deb aytishi
20) Ilmning kishini tanlab(boshqalarga emas) aytishning to’g’riligi
21) Muhammad payg’ambar(sallallahu ‘alayhi va sallam) ning sahobaga mingashib eshak haydaganlaridagi kamtarligi(o’zini past tutishi,yuqori tutmasligi)
22) Ikkinchi kishiga mingashib eshak haydash shar’iydir (mumkin)
23) Muaz Ibn Jabal(radialahu ‘anhu)ning ustunligi
24) Bu masalaning eng muhimligi.

