header
~~::Hijob&Ayol::~~
Hijob shartlari
Islomda ayol
hijob

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar
Mehmonlar kitobi

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





يسم الله الرحمن الرحيم

Hijob Shartlari Sharhi

Shuhrat libosi bo'lmasligi

8-shart sharhi

Odamlar orasida mashhur bo'lishni maqsad qilib dunyosi va ziynati bilan faxrlangan holda nafis kiyim kiyishga yoki o'zini zohid qilib ko'rsatgan holda o'ta past kiyim kiyishga shuhrat libosi deyiladi. (Imom Shavkoniy rahimahulloh so'zlari).

Ibnu Umar roziyallahu anhumodan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallahu 'alayhi va sallam bunday dedilar(ma'nosi):"Kimki bu dunyoda shuhrat libosini kiysa, qiyomat kunida Alloh unga xorlik kiyimini kiyg'izib, u kiyimga olov yoqadi". Ya'ni u kimsa dunyoda shuhrat libosi bilan o'zini ajratib yurgani uchun Alloh Taolo ham uni qiyomat kunida mana shu kabi azob bilan boshqalardan ajratadi.

Mana shu o'rinda Hijob shartlari to'g'risida risola nihoyasiga yetdi. Har bir musulmon kishiga ayoli va qo'li ostidagi ayollarga mana shu shartlarni ta'lim berishi hamda mana shu shartlarga rioya qilgan holda kiyim kiydirishi vojib bo'ladi. Payg'ambar sallallahu alayhi va sallam aytadilarki:

كلكم راع و كلكم مسؤول عن رعيته


(Ma'nosi) "Har biringiz rahbarsiz va har biringiz qo'l ostidagilardan mas'uldir". Alloh taolo aytadi:

(Ma'nosi) "Ey iymon keltirgan zotlar, o'zlaringizni va ahllaringizni yonilg'isi odamlar va tosh bo'lgan do'zaxdan qutqarib qolinglar ..."(Tahrim surasi 6-oyat)

Alloh Taolo buyruqlariga itoat qilib qaytarganlaridan parhez qilish tavfiqini Ul Zotdan so'rab qolamiz!

9/5/1371.


UzMuslima 2006.