يسم الله الرحمن الرحيم
Hijob Shartlari Sharhi
Kofiralar libosiga o'xshamasligi
7-shart sharhi
Shariat shuni talab qiladiki, musulmonlar- xoh erkak, xoh ayol bo'lsin - ibodat qilishlarida, bayram nishonlarida kofirlarga o'xshab qolishdan va kofirlarga xos bo'lgan liboslarni kiyishlaridan tiyilishlari lozim. Afsuslar bo'lsinkim, bugungi kunda ko'pchilik musulmonlar, hatto ba'zi Islom xizmatchilari va ilm ahllari ham johilliklari sababli, yo xohishlariga berilib, yoxud to'g'ri yo'ldan og'ib Yevropa kofirlariga ergashib ketishdi.Natijada bu qilmish musulmonlarni xor, zaif va begonalar ular ustidan hukmron bo'lish sabablaridan biriga aylandi. "Bir qavm, to o'zini o'zgartirmaguncha(ya'ni mas'iyatlrini tark etmaguncha), Alloh ularni o'zgartirmaydi (ularga baraka va salohiyat bermaydi va ularga zolimu fosiqlarni rahbar qilishda davom etadi) (Ra'd-11). Agar ular buni bilishganida edi. Bu muhim bir qoidadir. Shuni bilish kerakki, bu qoidaning dalillari Kitob va Sunnatda juda ko'pdir. Sunnat bu qoidani har doim ham bayon qilib keladi. Shunga taalluqli oyatlardan biri "Hadid" surasining 16-oyatidir:
(Ma'nosi) "Iymon keltirgan kishilarga Allohning zikri va haq(Qur'on) dan nozil bo'lgan narsalar uchun qalblarning qo'rqishi hamda ilgarigi kitob berilgan kimsalar kabi bo'lmasliklarining vaqti kelmadimi? (U kitobiylar, ya'ni yahud va nasorolar oralari bilan payg'ambarlarining orasi) uzayib ketishi sababli ularning qalblari qotib ketgandi va ularning ko'pchiligi fosiqlardir"
Payg'ambar sallallahu 'alayhi va sallam:"Kim o'zini bir qavmga o'xshatsa, bas, u o'shalardandir", deb qattiq ogohlantirdilar.

