يسم الله الرحمن الرحيم
Hijob Shartlari Sharhi
Er libosiga o'xshamasligi
6-shart sharhi
Ayol kishi libos kiyganda yo bundan boshqa o'rinlarda o'zini er kishiga o'xshatsa, unga la'nat yog'iladi. Abu Hurayra raziyallahu anhudan rivoyat qilinadi, aytadilarki(ma'nosi):"Ayol kiyimini kiyadigan erkakni va erkak kiyimini kiyadigan ayolni la'natladilar". Yana Abdulloh bin Umar raziyallahu anhumodan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallahu alayhi va sallam aytdilar:
(Ma'nosi) "Uch toifa bor. Ular jannatga kirmaydi va Qiyomat Kunida Alloh ularga nazar solmadyi:ota-onasiga oq bo'lgan kishi, o'zini er kishiga o'xshatuvchi ayol va dayus". Bugungi kunimiz libosiga nazar solib aytamizki:ayol kishi kostyum yo shim kiyishi mumkin emas. Agar bu kiyimlar tufayli avrati yaxshi yopilsa ham. Chunki yuqoridagi asoslarga ko'ra, hijobidan maqsad qanday bo'lsa ham, ayol avratini yopsa bo'ldi emas, balki erla libosiga o'xshamasligi kerak.

