header
~~::Hijob&Ayol::~~
Hijob shartlari
Islomda ayol
hijob

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar
Mehmonlar kitobi

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





يسم الله الرحمن الرحيم

Hijob Shartlari Sharhi

Tormas, keng bo'lishi

4-shart sharhi

Kiyimdan maqsad fitna oldini olishdir. Bu maqsad kiyim keng bo'lganda hosil bo'ladi. Tor kiyim jasadni yopsa-da, uni yoki ba'zi a'zolarini gavdalantirib turadi va erlar ko'ziga shakllantiradi. Bunday qilmish qanchalar bulg'unchilik keltirishi ma'lumdir.

Usoma bin Zayd aytadi:"Rasululloh sallallahu alayhi va sallam o'zlariga Dixyatul-Qalbiy hadya qilgan qalin Kibtiya(qavm nomi) liboslarini menga kiydirdilar. Men esa uni ayolimga kiydirdim. Shunda Rasululloh sallallahu alayhi va sallam menga:"Senga nima bo'ldi, Kibtiya(libosini) kiymayapsan?" dedilar. Men:"Ayolimga kiygizgan edim" dedim. Ul zot:"Ayolingga ayt, uning ostidan g'ilola(jasad gavdalanmasligi uchun ko'ylak ostidan kiyiladigan kyim) kiysin, chunki men uning suyaklari hajmi sifatlanib qolishidan qo'rqaman" dedilar". Rasululloh sallallahu alayhi va sallamning bu buyruqlarini bajarish vojib bo'ladi. Yuqoridagi hadisdan yana shu ma'lum bo'ldiki, ustki kiyimning rangi emas, balki jasadni sifatlamasligi ta'kidlanmoqda. Ayol kishi namoz o'qishida ham ichi ko'rinmaydigan va jasadini sifatlamaydigan kiyim kiyishi lozim. Tor hijob kiyadiganlar Alloh taolodan mag'firat so'rasinlar, bu qilmishlarini takrorlamasinlar va quyidagi hadisni eslasinlar(ma'nosi):
"Hayo bilan Iymon bir-biriga bog'langan narsalardir. Agar ulardan biri ko'tarilsa, ikkinchisi ham ko'tariladi, "dedilar payg'ambar sallallahu alayhi va sallam.


UzMuslima 2006.