يسم الله الرحمن الرحيم
Hijob Shartlari Sharhi
Bezalgan bo'lmasligi
2-shart sharhi
"Nur" surasining oyatida Alloh taoloning Kalomi bunday edi:
"(Mo'minalar) ziynatlarini ko'rsatmasinlar" .Mana shu oyat ustki kiyimini ham o'z ichiga oladi. Agar ustki kiyim ziynatli bo'lsa, er kishilar nazarini jalb qiladi. Yana Alloh taolo "Ahzob" surasining 33-oyatida bunday deydi:"
"(Ey payg'ambar ayollari) uylaringizda qaror topingiz(behojat tashqariga chiqib ketmangiz) hamda (Islomdan) avvalgilar(ning tabarruji) kabi tabarruj qilmangiz"
Xitob payg'ambar sallallahu alayhi va sallam ayollariga qilingan bo'lsa-da, barcha mo'minalarni o'z ichiga oladi. Ayol kishi er kishining shaxvatini uyg'otadigan narsalarni, ya'ni ziynat, bezaklari va yopishi vojib bo'lgan o'rinlarini ochishiga tabarruj deyiladi.
Bundan ma'lum bo'ladiki, ayol kishining ustki kiyimi bezalgan bo'lmasligi kerak. "Ayol kishi ziynati, kiyimi ostidagi tilla va marjon kabi taqinchoqlarining ko'rinishi, mushku anbarlar bilan o'zini xushbo'y qilib ko'chaga chiqishi tabarrujga kirib, bu tufayli unga la'nat yog'iladi. Bunday ayollar to'g'risida payg'ambar sallallahu alayhi va sallam bunday dedilar(ma'nosi):
"Do'zaxni ko'rdim, qarasam, uning ko'pchilik ahli ayollar ekan". (Buxoriy va Muslim rivoyatlari). .... deydi Imom Zahabiy rahimahulloh.
Bu o'rinda shuni qayd etmog' lozimki, agar ayol kishining ustki libosi oq yoki qora rangdan boshqa bo'lsa, ziynatli deyilmaydi. Ba'zilar tushunmasi mana shunday. (Oq va qoradan boshqa rangli ustki kiyimlar ham shariatda joiz.) Payg'ambar sallallahu alayhi va sallamning bu boradagi hadislari(ma'nosi):"Ayollarning atiri shuki, undagi rang ko'riladi, hidi esa sezilmaydi".
Yana Qosim rivoyatida:
"Oisha ehromli bo'lganida sariq kiyim kiyar edilar", deyilgan . Payg'ambar sallallahu alayhi wa sallamning boshqa ayollari ham sariq va qizil kiyim kiyganliklari to'g'risidagi rivoyatlarni ham Alboniy rahimahulloh keltiradilar.

