header
~~::Hijob&Ayol::~~
Hijob shartlari
Islomda ayol
hijob

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar
Mehmonlar kitobi

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





يسم الله الرحمن الرحيم

Hijob Shartlari Sharhi

Istisno qilingan o’rinlardan tashqari badanning barchasini yopishi

1-shart sharhi

Alloh taolo ”Nur” surasining 31-oyatida marhamat qiladi:

Ma’nosi: ”(Ey Muhammad), mo’minalarga ayting, (ularga qarash halol bo’lmagan narsalarga qarashdan) ko’zlarini pastga tushirsinlar, (halol bo’lmagan qilmishlardan) jinsiy a’zolarini saqlasinlar, ko’rinib qolgan tomonlardan (ya’ni yuz va kaftlardan) tashqari ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar, ro’mollari bilan(boshlari, bo’yinlari va) ko’kraklarini yopsinlar. (Ular) erlari, otalari, erlarining otalari, bolalari, erlarining bolalar, aka-ukalari, aka-ukalarining bolalari, opa-singillarining bolalar, (o’zlari kabi mo’mina) ayollari, cho’rilari, ayollarga behojat, shahvati yo’q kishilar yo avratini bilmaydigan yosh bolalardan boshqa kishilarga ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar. Hamda bekitgan ziynatlari bilinishi uchun oyoqlari bilan (yerni urib, ovoz chiqarib) yurmasinlar. Barchangiz Allohga tavba qilinglar, ey mo’minlar, shoyad najot topsangizlar”. (Ya’ni tavba qilsangizlar, albatta nahot topasizlar. Qur’on oyatlaridagi ”shoyad” so’zi ”albatta”, ”shubhasiz” ma’nolarini anglatadi.)

Ahzob surasining 59-oyatida Alloh taolo Payg’ambari Muhammad sallallahu alayhi wa sallamga bunday marhamat qiladi:
”Ey payg’ambar, juftlaringiz, qizlaringiz va mo’minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini yopsinlar! Ularning tezroq tanilishlari va ozorlanmasliklari mana shu (tufaylidir). Alloh mag’firatli va rahmli bo’lgan zotdir”

”Birinchi oyat ziynatning barchasini yopish vojibligiga va begona kishilar oldida ziynatning biron o’rnini ochmaslikka ravshan dalildir. Faqat ayollardan beixtiyor ochilib qolsa, zarari yo’q. Mana shu ochilib qolgan o’rnini yopishga ayollar shoshilsalar, gunoh bo’lmaydi”, deydi Hofiz Ibni Kasir o’z tafsirlarida.

”Ko’rinib qolgan tomonlardan tashqari ziynat o’rinlarini ko’rsatmasinlar” oyati to’g’risida Ibni Abbos roziyallahu anhumo aytadilarki: ”Yuzi va kaftlaridir”.

Barcha ulamolar aytadilarki, har bir namozxon avratini yopishi vojibdir. Ayol kishi esa namozida yuzi va kaftlarini ochadi, bundan boshqa o’rinlarini yopishi vojib. Bilagining yarmigacha ochilib qolishini Payg’ambar sallallahu alayhi va sallam ayol kishiga ruxsat berdilar. Ayolning yuzi va kaftlari avrat bo’lmagani uchun ham namoz uqishda ochib o’qiydi. Agar avrat bo’lganida edi, ochish man qilinardi.

Ayolning yuzi va kaftlari avrat emasligiga Abu Dovudning Oisha raziyallahu anhodan qilgan rivoyati ham dalil bo’ladi. Oisha aytadilarki, Asmo binti Abu Bakr yupqa kiyimda Rasululloh sallallahu alayhi va sallam oldilariga kirganida, Rasululloh sallallahu alayhi va sallam undan yuz o’girdilar, so’ng :”Ey Asmo, ayol kishi balog’atga yetganidan keyin uni mana bu o’rinlardan – yuz va kaftlariga ishora qildilar – boshqasining ko’rinishi to’g’ri bo’lmaydi” deb aytdilar. (Bu hadis bir isnodi bir necha yo’llar bilan quvvatlangan.)

Yana Abu Dovud sahih yo’l bilan Qatodadan rivoyat qiladi, payg’ambar sallallahu alayhi va sallam bunday dedilar (ma’nosi):”Qizbola balog’atga yetganida uning yuzi va qo’lining bo’g’inigacha bo’lgan o’rindan boshqa o’rinlarini ko’rinishi to’g’ri bo’lmaydi”. (Xulosa:Ayol kishining yuzi va kaftlarini avrat yo avratmasligi to’g’risida ulamolar qadimdan turli fikrlar bildirib kelishgan. Ba’zi kimsala yuz yopish dindan emas kabi g’aroyib gapni ham aytishgan Alboniy rahimahulloh yuqoridagi ikki oyatni bayon qilib hamda juda ko’p sahih hadislar keltirib aytadilarki:”Ayol kishi yuzini yopishi afzal, lekin vojib emas. Yuz va kaftlarni ochish shariatda harom emas, balki ruxsatdir”. Tarjimon izohi.).


UzMuslima 2006.