header
~~~::Tarbiya::~~~
Farzand Tarbiyasi

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





يسم الله الرحمن الرحيم
Farzand Tarbiyasi

  Farzand ulg’aya boshlaganda.

Go’dak g’oyatda muhtoj bo’lgan narsalardan biri uning hulqiga e’tibor bilan qarashdir. Zero u yoshligida tarbiyachisi o’rgatgan hulqlar bilan o’sib ulg’ayadi. Jumladan, tajanglik, achchiqlanish urushqoqlik, shoshqaloqlik, yengiltaklik, pala-partishlik, qo’rslik, ochofatlik kabi odatlar borki katta bo’lganda bularni tashlash qiyin bo’ladi va bu hulqlar unda mustahkam o’rnashgan sifat va hay’atlarga aylanib qoladi. Garchi bulardan juda hushyor bo’lib yursa ham, bir kuni albatta uni sharmanda qiladi. Shu tufayli aksar odamlarni egri hulqlar bilan topasiz. Bu narsa ular o’sib ungan tarbiya natijasidir. Shuningdek, bola esini taniganda uni laxv (bema’ni) , botil va qo’shiq majlislaridan, bid’at va yomon gap-so’zlardan uzoq qilish vojibdir. Agarda bular uning quloqlariga ilashib qolsa, ulg’ayganda  undan ajralishi qiyin, og’ir bo’ladi va bulardan uni halos qilish valiysiga qiyin kechadi. Zero odatlarni o’zgartirish eng qiyin ishlardandir. Uning sohibi ikkinchi bir tabiatni paydo qilishga muhtoj bo’ladi. Tabiat hukmidan chiqish esa, o’ta og’irdir.

         Bolaning valiysi uni boshqalardan narsa olishdan juda yiroq saqlashi kerak. Bola qachon olishga odatlansa , bu unga tabiat bo’lib qoladi va berish emas, olishga o’rganib ulg’ayadi. Bolani berish, ulashishga odatlantirish lozimdir. Qachonki valiy (birovga) narsa bermoqchi bo’lsa, bolani qo’li orqali bersinki, bola berish halovatini tuysin. Bolani yolg’onchi va hiyonatchi bo’lishidan  juda qattiq saqlash kerak. Agarda valiy bolaga yolg’on va hiyonat yo’lini qulaylashtirib qo’ygudek bo’lsa, uning dunyo va ohirat saodatini barbod etgan, uni hamma yahshilikdan mahrum etgan bo’ladi.

 Bolani yalqov, bekorchi, erinchoq va rohatda bo’lishga qo’yib qo’ymaslik, balki uni bularning ziddi bilan tutib turmoq kerak. Unga faqat qiladigan mashg’uloti uchun nafsi va badanini  jamlab oladigan darajada dam bermoq kerak. Zero dangasalik va bekorchilikning yomon oqibatlari bordir.  Insonlarning eng rohatlisi, eng toliqqanidir, insonlarning eng toliqadigani  eng rohatdagisidir. Dunyo sardorligi va ohirat baht-saodatiga faqat toliqish ko’prigidan o’tiladi.  Yahyo Ibn Abu Kasir dedilar: - “Ilmga jismning  rohati bilan erishilmaydi”.

Bolani kechaning ohirida uyg’onishga odatlantiriladi. Bu g’animatlar taqsimlanadigan, sovrinlar ulashadigan palladir. Kimgadur kamroq, kimgadur ko’proq ulush tegadi, yana kimdir bebahra qoladi. Bola qachon yoshligida odatlanib olsa, katta bo’lganida bu unga qulay bo’ladi.

          Narsa berishda bolalar o’rtasida adolat qilish.

“Sunan”kitoblari, “Musnadi Ahmad” va  Ibn Hibbon “Sahih” larida Nu’mon ibn Bashir Raziallohu anhudan rivoyat qildilar:

Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam dedilar: -“Farzandlaringiz o’rtasida adolat qilinglar”. (Sahih hadis)

Imom Muslim rivoyat qildilar. Bashir Raziallohu anhuning ayollari: “Mening bolamga hizmatkor sovg’a qiling va bu narsaga Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni guvoh qiling”, dedi. Basher Raziallohu anhu Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallamni oldilariga keldilar-da : “Falonchining qizi ( ayollarini aytyaptilar) uning o’gliga hizmatkor tuhfa etishimni so’rayapti…”, dedilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “ uning aka-ukalari bormi?”, deb so’radilar. “ha” dedilar. “Ularning hammalariga bunga berganingdek sovga berdingmi?”, deb so’radilar.  “yoq”, deb javob berdilar. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “Bunday qilish yaramaydi, men faqatgina haq narsaga guvohlik qilaman”, dedilar.

Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam: “ Meni javrga guvoh qilma, albatta bolalaringning sendagi haqqi ular orasida adolat qilishingdir”, dedilar.

Bayhaqiy rivoyat qiladilar. Anas Raziallohu anhu dedilar: “ bir kishi Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam birga utirgan edi, uning o’g’ilchasi kelib qoldi va u o’glini o’pdi-da, bag’riga olib o’tkazdi. Keyin uning qizchasi keldi, u qizchasini oldi-da, yoniga o’tqazdi. Rasululloh Sallallohu Alayhi va Sallam “ Sen ular o’rtasida adolat qilmading”, dedilar.

Salaflar bolalarini o’pishda ular o’rtasida adolat qilishni yahshi korishar edi.

(Ibn Qoyyim al-Javziya rahimahullohning  “Tuhfatul mavdud bi ahkomil mavlud” nomli kitobidan olindi.)



UzMuslima 2006.