header
~~~::Aqida::~~~
Aqida asoslari
Allohga iymon
Farishtalarga iymon
Kitoblarga iymon
Rasullarga iymon
Qiyomatga iymon
Taqdirga iymon

Linklar:
blue
SofIslom
UzMuslim
UzBolalar

Boshqa info:
green bullet
Biz Haqimizda
Bizga Bog'lanish


Menu:

  • Bosh Sahifa
  • Tavhid
  • Aqida
    • Allohga Iymon
    • Farishtalarga Iymon
    • Kitoblarga Iymon
    • Rasullarga Iymon
    • Qiyomatga Iymon
    • Taqdirga Iymon
  • Hijob va Ayol
  • Nikoh va Oila
  • Farzand Tarbiyasi
Online Ma'ruzalar :
right blue
Islom nima uchun kerak?

Alloh kim?

Ilmning ahamiyati





Alloh Rabb ekanining ma'nosi

Muallif: Shayx AbdulAziz ibn Abdulloh ibn Baz va Shaykh Salim At Tavil

Barcha Hamd Allohgadir! Biz u Zotga hamd aytamiz, Undan madad tilaymiz, istig'forlar so'raymiz! Nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan panoh berishini o'tinamiz.Zero Alloh hidoyatga boshlagan insonni hech kim yo'ldan adashtira olmas va U adashtirgan kimsani endi hech kim hidoyatga yetaklay olmaydi. Allohdan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'qligiga guvohlik beramizki U yolg'iz va sheriksiz Zotdir. Yana guvohlik beramizki Muhammad(sallallahu 'alayhi va sallam) Uning bandasi va rasulidir. U zotga, ahli-oilalariga, ashoblariga va ularga go'zal amallar bilan qiyomatga qadar ergashgan barcha mo'minlarga Allohning ko'pdan-ko'p saloti-salomi bo'lsin.

Amma ba'd (bundan so'ngra)

Alloh Robb ekanining ma’nosi shuki Alloh Al-Xoliq, Al-Maalik, Al-Mudabbir.

Al-Xoliq- yo’q narsadan bor Qiluvchi, Yaratuvchi degan ma’noni bildiradi. Alloh barcha narsalarning Yaratuvchisi :inson, jin, tog’, farishtalar va h.k lar Alloh tomonidan yaratilgan.Kimki maxluqotlardan(mavjudotlardan) ba’zilari Alloh tomonidan yaratilmagan desa Allohga shirk keltiribdi. Inson biror narsa yaratishi mumkin , ammo u narsani yaratishi uchun u boshqa bir narsani ishlatishi kerak ya’ni inson yo’q narsadan bor qila olmaydi, Alloh esa yo’q narsadan bor qiladi. Alloh taolo aytadi:

 “Biron narsani (yaratishni) iroda qilgan vaqtida Uning ishi faqatgina “Bo’l”, demoqligidir. Bas, u (narsa) bo’lur – vujudga kelur”. (Yasin surasi 36:82.)

 “Alloh barcha narsalarning Yaratuvchisidir” Zumar surasi 39:62

”Shubhasiz, Yaratish  va buyurish faqat Unikidir(Allohnikidir)” Al-A’rof surasi 7:54

 Al-Maalik—Alloh barcha mulklar egasidir, barcha mulklar Unga tegishli.

:”Yer va Osmonnig Qirolligi  Alloh ta`ologa tegishli(Allohning mulki). U xohlagan narsasini yaratur. U O'zi xohlagan kishiga qiz(farzand)larni hadya etur va O'zi xohlagan kishiga o`g`il(farzand)larni hadya etur. Yoki ularni egizak o'g'illar va qizlar qilur va O'zi xohlagan kishini tug'mas (bepusht) qilib qo'yur. Albatta, U (barcha narsani) bilguvchi va (O'zi xohlagan narsani )yaratishga qodirdir."  (Shuro surasi 42:49, 50)

Inson faqatgina chegaralangan mulkka ega bo’lishi mumkin, ammo Alloh chegarasiz barcha mulklar egasidir. Chegaralanganning ma’nosi, agar kishi masalan, uyga ega bo’lsa bir kun kelib u bu uydan mahrum bo’ladi, bu uy uning abadiy mulki emas. Alloh Malikdir(Podshoh) va Maalikdir.

 ”Ana shu Alloh sizlarning Parvardigoringiz(Robbingiz)dirki, faqatgina U ibodat qilinishga loyiq, (barcha olamlarga)podshohlik yolg’iz Unikidir. (Ey mushriklar), sizlar U zotni qo’yib iltijo qilayotgan butlaringiz esa po’stloqcha narsaga ham ega emasdirlar. Agar sizlar ularni chorlasangizlar, duolaringizni eshitmaslar. Agar eshitsalar-da, sizlarga javob qila olmaslar va qiyomat kunida ularni(Allohga) sherik qilib olganlaringizni inkor qilurlar.(ey Muhammad, dunyoyu oxirat haqida hech kim) sizga Xabardor Zot(ya’ni Alloh)kabi xabar bera olmas”. (Fotir surasi 35:13-14)

 Inson podshoh bo’lishi mumkin  ammo barcha mulk unga tegishli bo’lmaydi. inson mulkka ega bo’lishi mumkin ammo podshoh bo’lmaydi. inson podshosh bo’lishi mumkin ammo mamlakatning barcha mulki unga tegishli emas. Ammo Alloh esa Podshoh va barcha mulklar Unga tegishlidir.

 Al-Mudabbir-Barcha ishlar boshqaruvchisi. U hayot,o’lim, rizq va h.k larni beradi.U kunduzdan keyin kechani keliradi, kechdan keyin kunduzni va h.k.. Barcha ishlarni Alloh Tadbir qiladi.

”Kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?! Ular(mushriklar) albatta:”Alloh”,deydilar”. (Yunus surasi 10:31)

 Alloh Robb ekanligi haqida quyida yana oyatlar keltiramiz:

 ”Alloh sizlarni (Otangiz Odam Atoni ) loydan yaratib(undan avlodlar hosil qildi),so’ngra ajalni (ya’ni tiriklik muddatini) belgilab qo’ygan zotdir. Uning(Allohning) huzurida yana bir belgilangan ajal(ya’ni tirilish muddati-qiyomat kuni) bordir. Shundan keyin ham sizlar, (ey kofirlar), shak-shuba qilmoqdasiz” Al-An’om surasi 6:2

 ”Aniqki, Biz sizlarni yaratdik, so’ng sizlarga surat berdik…” Al-A’rof surasi 7:11

 “Ma’lumki, Biz insonni-(Odamning asli) qora botqoqdan bo’lib(odam) surati berilgach –quritilgan loydan yaratganmiz” Al-Hijr surasi 15:26

  “Ey insonlar,sizlarga Alloh ato etgan son-sanoqsiz ne’matni eslangiz!Sizlarga osmonu zamindan rizqu ro’z beradigan Allohdan o’zga bironta yaratguvchi bormi?! Shuning uchun Unga sherik qilib boshqa narsalarga ibodat qilma, balki faqatgina Unga(Allohga) ibodat qil…”Fotir surasi 35:3

 "(U) samovot, yer va ular o`rtasidagi narsalarning robbisidir. Siz faqatgina Unga ibodat qiling hamda ibodatda sabrli bo`ling va doimo (ibodat) qiling! Siz Unga (Allohga) o’xshagan birortani bilasizmi (topa olasizmi)?! (Albatta hech kim Unga (Allohga) o’xhamas, teng emasdir va hech kim unga sherik bo’la olmaydi) [Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Ko’rib Turguvchidir] ". (Maryam surasi 19:65)

 Agar kishi Alloh mavjudligiga va Robb ekanligiga iymon keltirsa bu uning musulmon bo’lishiga yetarli emas.Bular muhim ammo bulardan tashqari kishi Allohning Uluhiyati va ism hamda sifatlarida yagona ekanligiga ham iymon keltirishi zarur. Chunki Islomdan oldingi mushriklar Allohning yagona Robb ekanligini tan olishgan ammo Allohning yagona ibodatga loyiq ekanligini tan olishmay Allohga sherik qilib butlarga sig'inishgan. Alloh aytadi:

 ”(ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam) ,qasamki,agar siz ulardan(mushriklardan):”Osmonlar va Erni kim yaratgan?” deb so’rasangiz,albatta:”ularni Eng Qudratli va Eng dono (Barcha narsalarni biluvchi Alloh) yaratgan”, derlar” (Zuxruf surasi 43:9)

”(ey Muhammad sallallahu ’alayhi va sallam), qasamki, agar siz ulardan(mushriklardan) o’zlarini kim yaratgani haqida so’rasangiz,albatta ular:”Alloh”, derlar.Bas,(O’sha Yaratuvchiga ibodat qilish o’rniga) qayoqqa burilib ketmoqdalar?!” (Zuxruf surasi 43:87)

 

 

 



UzMuslima 2006.